Nashr etilgan: 26 iyun, 2025
Ipoteka Bank OTP Group oilalarga o‘z uy-joylariga ega bo’lish maqsadida yangilangan «Ma’qul» ipoteka dasturini ishga tushirdi. Kreditning yuqori miqdori Toshkentda 800 million soʻmgacha, hududlarda esa 500 million soʻmgacha ajratiladi.
Dasturdagi yangi shartlar oldingi cheklovlarni olib tashlaydi: birgalikda kredit oluvchilar soni oshirildi, bu esa kredit olish imkoniyatlarini kengaytiradi. Yillik foiz stavkasi — 21.99% — muddati — 20 yilgacha — boshlangʻich toʻlov — 26% ni tashkil qiladi. Ayollarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan — barcha ipoteka kreditlarining uchdan bir qismi ayollarga ajratiladi.
«Ma'qul» dasturi — oilalarni qoʻllab-quvvatlash va ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadamdir. Biz har kim oʻz uyiga ega boʻlish orzusini roʻyobga chiqara olishi uchun shartlarni qulay va hamyonbop qildik. Ayollarni qoʻllab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratyapmiz, chunki uydagi ishonch va xotirjamlik — butun oilaning muvaffaqiyati garovidir", — dedi Ipoteka Bank OTP Group ipoteka mahsulotlari Direksiyasi direktori Artyom Sarkisyan.
«Ma’qul» ipoteka krediti tez va oson rasmiylashtiriladi — eng yaqin filialimizga murojaat qiling yoki (78)150-89-13 raqami orqali qoʻngʻiroqni amalga oshiring. Mutaxassislarimiz sizning ehtiyojingizga mos eng maqbul shartlarni tanlashda yaqindan yordam berishadi.
Batafsil Ipoteka Bank OTP Group rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.