Ipoteka bank OTP Group mikrozaymlar rasmiylashtirishda mijoz yo‘li qulayligi bo‘yicha uchlik yetakchilari qatoridan joy oldi
Nashr etilgan: 11 sentyabr, 2025
O‘zbekistonda banklarning mobil ilovalari orqali “Mikrozaym” mahsuloti bo‘yicha mijoz yo‘li mustaqil tadqiq qilindi. Tahlil uchta asosiy bosqichni qamrab oldi: ro‘yxatdan o‘tish, birinchi kirish va mikrozaymni rasmiylashtirish.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Ipoteka bank OTP Group uchinchi o‘rinni egallab, qulay va sodda mijoz yo‘lini namoyish etdi.Ayniqsa ta’kidlab o‘tilgan jihatlar:
- tezkor ro‘yxatdan o‘tish va mikrozaym rasmiylashtirish jarayoni;
- 1 daqiqa ichida ariza yuborish va tasdiq olish imkoniyati;
- qayta ariza topshirish atigi 10 soniya davom etadi;
- moslashuvchan foiz stavkalari — 24%dan boshlab, bozordagi eng past ko‘rsatkichlardan biri.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Ipoteka bank OTP Group raqamli xizmatlarni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda va mikrozaym rasmiylashtirishni foydalanuvchilar uchun sodda, tezkor va qulay qilib taqdim etmoqda.
Batafsil: https://fincg.ru/microloans.html