Nashr etilgan: 3 sentyabr, 2025
Aksiya doirasida Bilimxona ta’lim platformasida kamida bitta kursni yakunlagan har bir ishtirokchi sovg‘alar o‘ynalishida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bilimxona — bu Ipoteka bank OTP Group’ning ta’lim loyihasi bo‘lib, zamonaviy onlayn-ta’limni barchaga — cheklov va shartlarsiz — taqdim etadi. Loyiha Osnova onlayn-ta’lim platformasi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yoshlarimizga bugungi mehnat bozorida talab etiladigan bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini yaratadi.
Aksiya muddati: 2025-yil 3-sentyabrdan 29-sentyabrgacha.
Bu davr mobaynida istalgan foydalanuvchi nafaqat bepul onlayn-kurslarda o‘qishi, balki qimmatli sovg‘alarni qo‘lga kiritishi ham mumkin.
- “Alisa” aqlli kolonka
- Stol usti zaryadlovchi qurilmalar
- Brendli termoslar
Aksiya shartlari:
- Sentyabr oyida kamida bitta kursni tugatgan barcha ishtirokchilar o‘rtasida aqlli kolonka va zaryadlovchi qurilmalar o‘ynaladi.
- Eng ko‘p kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ikki nafar faol talaba brendli termoslarga ega bo‘ladi.
Yangi imkoniyatlarni oching va sovrinlar o‘yinida ishtirok eting: https://osnovaedu.uz/otp-bilimxona/ru
OMMAVIY OFERTA