Nashr etilgan: 7 noyabr, 2025
Ipoteka bank OTP Group va OSNOVA kasbiy rivojlanish platformasi tashabbusi bilan yo’lga qo’yilgan yangi Bilimxona elektron kutubxonasi endilikda Parkent tumanining Kumushkon mahallasida yo’lga qo’yildi.
Loyiha O‘zbekiston hududlaridagi yoshlarning raqamli va kasbiy ko‘nikmalarini zamonaviy texnik vositalar va qulay o‘quv sharoitlarida rivojlantirish imkonini beradi. Yangi Bilimxona markazi orqali har bir foydalanuvchi Bilimxona ta’lim tizimidan bepul foydalanishi, o‘qishi va o’quv kurslarini tugatgach, sertifikat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2 700 dan ortiq foydalanuvchiga ega Bilimxona platformasi ta’lim oluvchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
Eng ommabop va istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha 20 dan ortiq o‘quv kurslari: sun’iy intellekt va generativ texnologiyalarni o‘rganish;
- dizayn va raqamli vositalar (Figma, Tilda, Excel)da ishlay olish;
- marketing, HR va soft-skill ko‘nikmalari;
- kasb tanlash va yo’nalishda rivojlanishga ko‘mak beruvchi xizmatlar.
Bugungi kunga qadar Ipoteka bank OTP Group Jizzax shahrida, shuningdek, Nukus va Toshkentdagi ikki ta’lim muassasasida shunday markazlarni ishga tushirgan.
“Har bir yangi Bilimxona markazi — bu inson salohiyatiga yo‘naltirilgan sarmoya, hamda yoshlar uchun kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyat sari eltuvchi muhim bilimlarni egallash imkonidir,”— dedi Ipoteka bank OTP Group Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Dmitriy Sapronov.
Bilimxona loyihasi kengayishda davom etmoqda — u hududlarni yoshlar uchun bilim va o‘sish maydonlariga aylantirmoqda.
Batafsil ma’lumot: https://osnovaedu.uz/otp-bilimxona/uz