OTP Group — S&P Global talqini bo‘yicha Yevropaning eng samarali banklari qatorida yana bir bor e’tirof etildi
Nashr etilgan: 16 iyul, 2025
OTP Group ketma-ket ikkinchi yil S&P Global Market Intelligence tomonidan e’lon qilingan reytingda Yevropaning eng yirik 50 ta ochiq banki orasida 2-o ‘rinni egallab, yetakchilar safidan joy oldi. Ushbu yutuq guruhning barqarorligi hamda o‘sish, innovatsiya va mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar bo‘yicha strategik e’tiborini yana bir bor tasdiqlaydi.
2024 yilda 1-o ‘rinni egallagan OTP Group 2025 yilda ham moliyaviy barqarorlik, boshqaruv sifati va operatsion samaradorlik borasidagi yuqori darajasini saqlab qolib, Yevropa reytingida 2-pog ‘onani muvaffaqiyatli egalladi.
"Bu e’tirof bizning barqaror rivojlanish va sifatli bank xizmatlariga sodiqligimizni tasdiqlaydi. 11 ta mamlakatni qamrab olgan holda mintaqadagi pozitsiyalarimizni mustahkamlashda davom etayotganimizdan faxrlanamiz, dedi OTP Bank bosh direktori Peter Chanyi.
S&P Global Market Intelligence reytingi banklarning kapital rentabelligi, sof foiz marjasi, aktivlar daromadliligi, xarajatlar samaradorligi, muammoli kreditlar darajasi, barqaror moliyalashtirish tuzilmasi (NSFR) va yetarli kapital koeffitsienti (CET1) kabi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida shakllantiriladi.
Ma’lumot uchun:
OTP Group — Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng yirik va eng tez rivojlanayotgan bank guruhlaridan biri hisoblanadi. Guruh 11 mamlakatda 17 milliondan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatadi va taxminan 40 000 nafar xodimga ega. 2000-yillardan boshlab OTP 25 ta bankni muvaffaqiyatli qo‘shib oldi va 1995 yildan buyon Budapesht fond birjasida ro‘yxatga olingan.
2023 yilda OTP Group Markaziy Osiyo bozoriga kirib, O‘zbekistonning eng yirik universal banklaridan biri — Ipoteka bank aksiyalarining nazorat paketini xarid qildi. Integratsiyadan so‘ng guruh bank faoliyatiga ilg‘or texnologiyalar, ESG standartlari va xalqaro korporativ boshqaruv amaliyotlarini joriy etmoqda.