«Ish – hamma uchun. Imkoniyatlar – har bir insonga»

Nashr etilgan: 16 sentyabr, 2025

Joriy yilning 12 sentyabr kuni Toshkent Xalqaro Maktabida noodatiy ish o‘rinlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Bu kun, iqtidor egalariga imkoniyat, ish beruvchilarga esa yangi inklyuziv yondoshuv berilgan kun deyish mumkin.

Amerika Savdo Palatasi tomonidan (AmCham) O‘zbekistonda ilk marotaba Inklyuziv ish o‘rinlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazma, mehnat bozorida teng imkoniyatlarga erishishda muhim bosqich bo‘ldi.

Ushbu platforma rasmiy qarashlarsiz, to‘siqlarsiz o‘tdi. “Ma’lumotnomangizda nimalar yozilgan” degan munosabat o‘rnini, “sizdagi o‘ziga xoslik nimada” degan o‘ziga xos yondoshuv egalladi.

Ko‘rgazma ishtirokchilari qatorida:

-Yangi kasbiy yondoshuvlarga tayyor imkoniyati cheklangan shaxslar;

- O‘z sohasiga qaytgan ayollar;

- Yosh tajribasiz mutaxassislar;

- Tajribaga ega yoshi katta mutaxassislar

- Ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlar va o‘zgarishlarga moslashuvchan shaxslar

Asosiysi – ish beruvchilar nafaqat ishga qabul qilish, balki, qobiliyat uchun sarmoya kiritishga ham tayyor.

Tadbirning rasmiy ochilishi AmCham rahbarlari, hukumat va hamkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. “Inklyuziv ishga olish – qadriyat sifatida” mavzusidagi muhokama davomida korxonaning samarali va barqaror bo‘lishida xodimlarga yaratilgan sharoitlarning o‘rni muhokama etildi. Ko‘rgazmada ish o‘rinlari va jonli muloqotlar ishtirokchilarga ko‘plab imkoniyatlardan foydalanish va minglab samarali aloqalar o‘rnatish imkonini berdi. Barcha ishtirokchilar ma’lumotnoma tayyorlashda o‘ziga xos yondoshuv, suhbat davomida ishonchli bo‘lish va ish beruvchi oldidagi huquqlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi. HR mutaxassislari va huquqiy maslahatchilar ishtirokchilarga bepul maslahatlar berib, shaxsiy va professional muammolarni hal etishga yordam berishdi. Muvaffaqiyat hikoyalari ko‘rgazmasi haqiqiy o‘zgarishlar misollari bilan ruhlantirdi va imkoniyatlar har bir kishiga ochiqligini isbotladi.

Ko‘rgazmada 100 dan ortiq ishtirokchi va 14 dan ziyod ish beruvchilar qatnashishdi. Muvaffaqiyatli intervyudan o‘tkan ishtirokchilarga, birinchi takliflar ham berildi. Eng muhimi – bir necha o‘nlab odamlar, o‘zini qadrli, kerakli ekanligini his qilgan holda munosib takliflarga ega bo‘lishdi.


AmCham Inclusive Job Fair — teng imkoniyatlar to‘g‘ri qarorlardan boshlanadi.

LinkedIN/ Instagram