Turli sohalarda faoliyat yurituvchi mijozlarni faoliyatini moliyalash borasidaga boy tajriba, mijozlarning ehtiyoj va biznes faoliyatlarini toʼgʼri baholash, kafolatning turli shakllari bilan ishlay olish, shartnoma shartlarining qulayligi - Bank va kredit oluvchi oʼrtasidagi samarali hamkorlikning asosi boʼlib hisoblanadi.
Bank mahsulot va xizmatlari doimiy va yuqori talabga ega boʼlgan sanoat, qurilish, shuningdek, yirik biznes yurituvchi korxonalarga qisqa va uzoq muddatli kreditlash jarayonlarini amalga oshiradi.
Ipoteka-bank yirik loyihalarni kreditlashda har bir mijoz uchun alohida yondashish dasturlarini ishlab chiqadi. Bank mutahassislarining tajribasiga tayangan holda biz korxona va tashkilotlarga biznesini moliyalash xizmatlarini taklif etamiz.
Mijoz |
«Korporativ premium» toifasiga oid korporativ mijozlar |
Kredit maqsadi |
Aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun |
Kredit maksimal summasi |
Mijozning oxirgi 6 oydagi o‘rtacha oylik kredit aylanmasi miqdorida, lekin ekvivalentida 120,0 mlrd.so‘mdan oshmagan miqdorda
|
Valyuta |
Milliy va xorijiy valyutada |
Kredit foizi yillik |
- Milliy valyutada yillik 22,99 foiz; - Xorijiy valyutada: 10,99 foizdan oshmagan holda (xorijiy bank marjasi + Ipoteka bank marjasi) |
Moliyalashtirish manbasi |
Bank o‘z mablag‘i hamda jalb qilingan mablag‘lar hisobidan |
Jalb qilingan resurslar uchun komissiyasi |
-Bank o‘z mablag‘i - bepul -Jalb qilingan mablag‘i - bir martalik, moliyalashtiruvchi tashkilotning shartlariga ko‘ra |
Kredit shartnoma muddati |
36 oygacha (Bosh kelishuv asosida) |
Kredit muddati |
12 oygacha, qayta tiklanadigan (ochiq) kredit liniyasi orqali amalga oshiriladi |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan |
Har oylik to‘lov grafigi |
O‘rnatilmaydi (kredit muddatining oxirgi 3 oyida amalga oshiriladi) |
Kreditni qaytarish tartibi |
Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘liq so‘ndirmasdan asosiy qarzni to‘lash majburiyatlari kredit muddatining oxirgi 3 oyida amalga oshiriladi |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
Qo‘shimcha shartlar |
- Qo‘shimcha tuziladigan kredit shartnoma summasiga undan oldingi shartnomaga asosan ajratilgan kreditning to‘lovi amalga oshirilgan qismi asos bo‘ladi; - Revolver krediti ajratilganda, mijoz kredit shartnomasida belgilangan hajmda kredit mablag‘larini bir yilda 3 marotabadan ortiq so‘ndirib qayta o‘zlashtirgan taqdirda, kredit liniyasi mablag‘laridan navbatdagi foydalanishida yangi o‘zlashtiriladigan kredit summasidan mijoz bilan bank hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish uchun tuzilgan shartnomada belgilangan miqdorda to‘lov (debet aylanmasi uchun) undiriladi; - Ikkilamchi hisobvaraq orqali kredit ajratilmaydi. |
Revolver bank kafolati berish pasporti
Mijoz |
Bankning korporativ mijozi |
Kafolat maqsadi |
Kafolat shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish, tenderlarda qatnashish, bojxona to‘lovlarni kechiktirish yoki uzaytirish, import tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish, avans to‘lovlarni qaytarish va boshqalar |
Valyuta |
Mijoz so‘roviga asosan |
Summasi |
Mijozning so‘roviga asosan (o‘rnatilgan limit doirasida) |
Kafolat limiti |
25,0 mlrd. so‘mgacha (yoki horijiy valyuta ekvivalentida) |
Kafolat limiti amal qilish muddati |
12 oy |
Kafolat muddati |
Mijoz so‘roviga asosan (qayta tiklanadigan tarzda amalga oshiriladi) |
Kafolat komissiyasi |
Tenderda ishtiroq etish uchun bir martalik 1% miqdorida; Boshqa holatlarda kafolat berish har uch oy uchun – 0,5% miqdorida |
Komissiya to‘lash |
Umumiy limit doirasida olinadigan har bir kafolat uchun bank majburiyatini olishdan oldin alohida to‘lanadi |
Ta’minot |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Xujjatlarni rasmiylashtirish tartibi |
Bankning amaldagi Kredit siyosati, Kreditlash Nizomi va 2364-sonli Nizomga asosan amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur xujjatda nazarda tutilgan kafolatni berish shartlari bankning amalda bo‘lgan me’yoriy xujjatlardan farq qilganda, mazkur xujjat ustun bo‘lib, unga rioya etiladi. Filiallar tomonidan bank oldidagi sug‘urta majburiyatlarini bajarmagan sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta polislari qabul qilinmaydi |
Mijozlarga (printsipalga) qo‘yilgan talablar |
- Zarar ko‘rib ishlamayotgan bo‘lishi hamda nolikvid balansga ega bo‘lmasligi; - Muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud bo‘lmasligi; - Oxirgi 12 oy davomida faoliyatidan o‘rtacha oylik pul oqimi aylanmasi kamida 10,0 mlrd. so‘m bo‘lishi; - Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi; - Moliyaviy yil natijalari bo‘yicha ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lishi; - Asosiy hisobvarag‘i Ipoteka-bankda 6 oydan kam bo‘lmasligi; - Kafolat chet el valyutasida berilgan holda, valyuta tushumiga ega bo‘lishi |
O‘zbekiston respublikasi prezidentining 14.07.2021 yildagi pq-5146-sonli qarori asosidagi “parranda” kredit pasporti
Mijoz |
Parrandachilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlari |
Kredit maqsadi |
Bug‘doy, makkajo‘xori, soya doni va shroti, kungaboqar shroti kabi ozuqa-em mahsulotlarini eng arzon bo‘lgan yig‘im-terim davrlarida zaxira qilish, shuningdek, parrandachilik xo‘jaliklari va ozuqa-em mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda mavjud quvvatlarni to‘liq ishga tushirish uchun |
Kredit summasi |
Mijoz to‘lov layoqatiga asosan belgilanadi |
Valyuta |
Milliy valyutada (AQSh dollari ekvivalentida) |
Kredit foizi |
Markaziy bankning asosiy stavkasida |
Kredit ajratish manbai |
2021 yil 14 iyundagi PQ-5146-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qarorga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining “Mikrokreditbank” ATBga parrandachilikni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobidan; 2022 yil 15 iyundagi PQ-281-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorning 5-bandiga asosan “Mikrokreditbank” ATBga ajratilgan maqsadli mablag‘larning 1-bosqichidan qaytgan resurs hisobidan Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida rasmiylashtirilishi mumkin |
Kredit muddati |
Loyihani o‘zini-o‘zi qoplashidan kelib chiqqan holda kredit muddatini |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan |
Kreditni qaytarish tartibi |
Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘lov muddati kelgandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi. (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida ko‘rib chiqilishi mumkin) |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
2021 yil 14 iyundagi PQ-5146-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, 2022 yil 15 iyundagi PQ-281-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori va Bankning amaldagi Kredit siyosati, Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
O‘zbekiston respublikasi prezidentining 15.06.2022 yildagi pq-281-sonli qarori asosidagi “parranda plyus” kredit pasporti
Mijoz |
Parrandachilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlari |
Kredit maqsadi |
a) Aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida parrandachilik xo‘jaliklari va parranda omuxta emi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlarning ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib, inkubatsion tuxum, bir kunlik jo‘ja, ozuqa mahsulotlari va uning qo‘shimchalari, dori vositalari, ko‘shimcha kamponentlar, bo‘g‘doy, makkajo‘xori, soya doni, soya va kungaboqar shrotini zaxira qilishga aylanma mablag‘larni to‘ldirishga; b) Go‘sht etishtirish yo‘nalishidagi yangi loyhalarni amalga oshirish, barcha turdagi inkubatsion tsexlar, parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologik asbob-uskunalarini, shuningdek, maxsustexnikalar va ularning ehtiyot qismlari hamda boshqa asosiy vositalarni sotib olish va modernizatsiya qilish |
Kredit summasi |
Mijoz loyihasidan kelib chiqib belgilanadi |
Kredit ajratish manbai |
2022 yil 15 iyundagi PQ-281-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorning 4-bandiga asosan bankning o‘z va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan |
Valyuta |
Milliy va xorijiy valyutada |
Kredit foizi yillik |
Milliy valyutada: - 5,0 mlrd.so‘mgacha ajratiladigan kreditlar bo‘yicha – 22,5 foiz; - 5,0 mlrd.so‘mdan ortiq ajratiladigan kreditlar bo‘yicha – 23,99 foiz; -Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armaning moliyaviy yordamidan foydalanganda, qiymati 5 mlrd. so‘mdan foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlar bo‘yicha asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun 3 yilgacha “2+1”tamoyilida kompensatsiya ajratiladi. Xorijiy valyutada: -bank mablag‘laridan – 9,99 foiz; -jalb qilingan mablag‘laridan – 9 foiz va resurs jalb qilish komissiyasi |
Kredit muddati |
-Aylanma mablag‘lari uchun 12 oygacha; -Asosiy vositalar uchun 36 oygacha |
Resurs jalb qilish komissiyasi |
Belgillanmagan* |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan |
Ko‘shimcha shartlar |
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan kreditlar 3 yil muddatgacha “Ipoteka-bank” ATIB tizimida 6 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatgan mijozlar uchun ko‘rib chiqilishi mumkin |
Kreditni qaytarish tartibi |
Loyiha hususiyatidan kelib chiqib 3-12 oygacha imtiyozli davr bilan, foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘lov muddati kelgandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi. (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida ko‘rib chiqilishi mumkin) |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armaning moliyaviy yordamidan foydalanganda, kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlarning 50 foizgacha, 2,5 mlrd.so‘mdan oshmagan kredilarga kafillik beriladi |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
2021 yil 14 iyundagi PQ-5146-sonli hamda 2022 yil 15 iyundagi PQ-281-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va Bankning amaldagi Kredit siyosati, Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
Alohida shartlar |
2022 yil 15 iyundagi PQ-281-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorda 4a) bandida ko‘rsatilgan tartibda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kompensatsiyalaridan foydalanishi mumkin; 4b) parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli davlat dasturlari bo‘yicha kredit mablag‘lari 10 yilgacha muddatga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi, bunda asosiy poda (gala)ni shakllantirish, shu jumladan inkubatsion tuxum, jo‘jalar (final gibrid), ona tovuqlar va ota-ona galasini xarid qilish bilan bog‘liq tadbirlar uchun kreditlar investitsiya loyiqasini moliyalashtirish sifatida uzoq muddatga ajratilsin. |
*Komissiya xaqi jalb qilingan mablag‘lardan kelib chiqib belgilanishi mumkin.
Korporativ mijozlarga ish haqi to‘lovi uchun
“Barqaror” kredit pasporti
Mijoz |
Bankning korporativ mijozlari |
Kredit maqsadi |
Ish haqi to‘lovi uchun |
Kredit maksimal |
Ish haqi to‘lovi uchun kreditlar ikki oy uchun hisoblangan ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda beriladi |
Valyuta |
Milliy valyutada |
Kredit foizi yillik |
23,99 foiz |
Moliyalashtirish manbasi |
Bank o‘z mablag‘i hamda jalb qilingan mablag‘lar hisobidan |
Kredit liniyasi |
Ochiq Liniya muddati 45 kungacha bo‘lsa kredit yopiq kredit liniya asosida ajratiladi |
Kredit liniyasi muddati |
12 oy muddatgacha Olingan kredit bo‘yicha barcha majburiyatlar 45 kunda to‘liq bajarilgandan keyin yangi kredit qayta ko‘rib chiqiladi |
Kredit liniyasi doirasida ajratiladigan kreditlar muddati |
45 kun
|
Kredit ajratilish shakli |
Oylik ish haqi maxsus hisobvarag‘iga pul ko‘chirish yo‘li bilan |
Kreditni qaytarish tartibi |
-Liniya hisobidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha foizlar va asosiy qarzdorlik kredit liniya ochish haqida bosh kelishuvga asosan qaytariladi; -Hisoblangan foizlar xar kuni qaytarilishi ham ko‘zda tutilgan |
Kredit ta’minoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida ko‘rsatilgan ta’minot turlari |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning amaldagi Kredit siyosati, Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
Qo‘shimcha shartlar |
- Yil yakuni bo‘yicha mukofot (13 oylik) va oylik mukofotlar uchun kredit berilmaydi; - Xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan idoralar, uyushmalar va boshqa korxonalarga ish haqi to‘lovlari uchun kreditlar berish taqiqlanadi; - Ish haqiga beriladigan kreditlarning qaytarish muddatlarini uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. |
1.1. |
Kafolat maqsadi |
Shartnomalar boʼyicha majburiyatlarni bajarish, tenderlarda qatnashish, bojxona toʼlovlarni kechiktirish yoki uzaytirish, import tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish va boshqalar. |
|
1.2. |
Kafolat miqdori |
Mijozning soʼrovi va toʼlov qobiliyatiga qarab oʼrnatiladi (oʼrnatilgan limit doirasida) |
|
1.3. |
Kafolat valyutasi |
Mijozning talabiga koʼra (UZB/USD/EUR) |
|
1.4. |
Kafolatning amal qilish muddati |
Tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq (1 yildan oshmagan holda) |
|
1.5. |
Kafolat limiti |
Kelishuvga koʼra (25,0 mlrd. soʼm(yoki ekvivalent)dan oshmagan miqdorda) |
|
1.6. |
Mijozga qoʼyilgan talablar (printsipalga) |
- Zarar koʼrib ishlamayotgan boʼlishi hamda nolikvid balansga ega boʼlmasligi; - Muddati oʼtkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud boʼlmasligi; - Ohirgi 12 oy davomida oʼrtacha oylik pul oqimi aylanmasi kamida 10,0 mlrd. soʼm boʼlishi; - Ijobiy kredit tarixiga ega boʼlishi(kredit va unga tenglashtirilgan majburiyatlari soʼnggi 3 yilda substandart yoki undan past sifatida tasniflanmagan boʼlishi); - Moliyaviy yil natijalari boʼyicha ijobiy auditorlik xulosasiga ega boʼlishi; - Аsosiy hisobvaragʼi Ipoteka-bankda 6 oydan kam boʼlmasligi; -Hisobraqami boʼyicha tushum asosiy faoliyatidan tushgan mablagʼlardan iborat boʼlishi; - Kafolat chet el valyutasida berilgan holda, valyuta tushumiga ega boʼlishi. |
|
1.7. |
Komissiya toʼlovi |
1,5% (bir martalik) |
|
1.8. |
Komissiya toʼlash muddati |
Kollegial organ qaroriga asosan, lekin kafolat muddati tugagunga qadar/ bir marotabali |
|
1.9. |
Taʼminot |
100% sugʼurta polisi |
|
1.10. |
Kafolat shakli |
“Ipoteka bank” АTIBning qatʼiy hisobda turuvchi blanklarda taqdim etiladi |
|
1.11. |
Kafolat xujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni |
Kafolat xujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni, bankning amaldagi Kredit siyosati va “Ipoteka-bank” АTIB kreditlash nizomiga asosan amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur xujjatda nazarda tutilgan kafolatni berish shartlari bankning amalda boʼlgan meʼyoriy xujjatlardan farq qilganda, mazkur xujjat ustun boʼlib, unga rioya etiladi. |
|
II. Kafolat oluvchi (Printsipal) |
|||
2.1. |
Qarz oluvchi |
Bankning korporativ mijozlari |
|
III. Kerakli xujjatlar roʼyxati
|
|||
3.1. |
- kafolat olish uchun ariza; - kafolatdan foydalanishning butun davrini oʼz ichiga olgan pul oqimi tahlili koʼrsatilgan biznes-reja; - tegishli davlat soliq inspektsiyasiga taqdim etilgan soʼnggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar toʼgʼrisida hisobot (2-shakl), shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari - oxirgi 3 moliyaviy yil natijalari boʼyicha auditorlik hisoboti; -bank boshqa xujjatlarni ham talab qilishi mumkin. |
Kredit maksimal summasi |
Mijozning hisobot oyidan oldingi oyda hisobvaragʼiga (faoliyatidan) kelib tushgan aylanmasi miqdorida. (2 mlrd.soʼmdan oshmagan miqdorda) |
Valyuta |
Soʼm |
Kredit foizi |
Yillik-26 % |
Kredit muddati |
12 oygacha |
Imtiyozli davr |
Soddalashtirilgan biznes rejadan kelib chiqqan holda belgilanadi |
Kredit ajratilish shakli |
Pul oʼtkazish yoʼli bilan ajratiladi |
Kreditni qaytarish tartibi |
Kreditni qaytarish grafigiga asosan |
Kredit taʼminoti |
Kredit 500,0 mln. soʼmgacha ajratilganda: - Taʼminotsiz (ishonchli) Kredit 500,0 mln . soʼmdan yuqori miqdorda ajratilganda quyidagi taʼminot turlaridan biri yoki bir nechtasi taqdim qilinishi lozim: - Likvidli mol-mulk garovi; - Uchinchi shaxs kafilligi; - Sugʼurta polisi; - Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasi kafilligi (Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasi toʼgʼrisida”gi Nizom talablari asosida)
|
Qoʼshimcha shartlar |
Mijozning asosiy hisobvaragʼi “Ipoteka-bank” АTIBda boʼlishi, kamida 12 oy davomida bankning mijozi boʼlishi, ijobiy kredit tarixiga ega boʼlishi hamda oxirgi 3 oyda faoliyatdan muntazam ravishda pul aylanmalarini amalga oshirishi lozim. Ikkilamchi hisobvaraq orqali kredit ajratilmaydi. |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni, bankning amaldagi Kredit siyosati va “Ipoteka-bank” АTIB tizimida kreditlash jarayonini tashkil etish boʼyicha Qoʼllanmaga hamda Pilot loyihasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni kreditlash tartibi boʼyicha vaqtinchalik nizomga asosan amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur hujjatda nazarda tutilgan kredit ajratish shartlar bankning shu kungacha amalda boʼlgan meʼyoriy hujjatlardan farq qilganda, mazkur hujjat ustun boʼlib, unga rioya etiladi. |
Kredit maqsadi |
Asosiy vositalarni harid etish uchun (shu o‘rinda qurilish, qayta ta’mirlash va to‘liq ta’mirlashga ham) |
Valyuta |
So‘m |
Summa |
Mijoz so‘roviga ko‘ra |
Muddat va foiz stavkasi |
Loyiha maqsadidan kelib chiqib 36 oyga qadar bankning foyz siyosatiga muvofiq |
Ta’minot |
|
1-variant
Kredit maqsadi |
Yuridik shaxslarni o‘z extiyojlari uchun engil avtomobil sotib olish uchun (mijozning shaxsiy ishtiroki 30% dan kam bo‘lmasligi kerak) |
Valyuta |
So‘m |
Summa |
Mijoz so‘roviga ko‘ra |
Kreditning foiz stavkasi | |
Muddat |
36 oygacha |
Ta’minot |
Engil avtomashinalar keyinchalik ta’minot sifatida qabul qilinishi ko‘zda tutilgan holatlarda, asosiy ta’minot rasmiylashtirilgunga qadar ta’minot sifatida kredit qaytmaslik xatari sug‘urta polisi ostida |
2-variant
Kredit maqsadi |
Yuridik shaxslarni o‘z extiyojlari uchun engil avtomobil sotib olish uchun (mijozning shaxsiy ishtiroki 25% dan kam bo‘lmasligi kerak) |
Valyuta |
So‘m |
Summa |
Mijoz so‘roviga ko‘ra |
Kreditning foiz stavkasi | |
Muddat |
36 oygacha |
Ta’minot |
Ko‘chmas mulk, turar va noturar joy, maxsus texnikalar, avtobus va mikro avtobuslar, tilla buyumlar, depozit mablag‘lari garovi ostida |
Kredit maqsadi |
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun |
Valyuta |
So‘m |
Summa |
Mijoz so‘roviga ko‘ra |
Muddat va foiz stavkasi |
18 oyga qadar bankning foyz siyosatiga muvofiq |
Ta’minot |
|
Kredit maqsadi |
uy-joy qurilishi va rekonstruktsiya qilish uchun (o‘z aylanma mablag‘lariga, etarli moddiy-texnika bazasi va tajribali mutaxassislarga ega pudrat qurilish tashkilotlariga ajratiladi) |
Valyuta |
So‘m |
Summa |
uy-joy qiymatining 70 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda |
Muddat va foiz stavkasi |
2 yilgacha, bankning foyz siyosatiga muvofiq |
Ta’minot |
|
Kredit maqsadi |
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun |
Valyuta |
so‘m |
Kredit foizi |
Bankning foyz siyosatiga muvofiq
|
Kredit muddati |
12 oygacha |
Bitta loyihaning maksimal miqdori |
5 mln. AQSh dollarigacha so‘m ekvivalentida |
Kreditni qaytarish tartibi |
Asosiy qarzni 7 - oydan qaytarish sharti bilan, ochiq kredit liniyalarida kredit muddatini oxirgi 3 oyida qaytarish sharti bilan Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘lov muddati kelgandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi |
Kredit ta’minoti |
Kamida 50 foiz likvid ta’minot (ko‘chmas mulk, maxsus texnikalar, transport vositalari, tilla buyumlar, depozit mablag‘lari va boshqa likvid ta’minot) garovi ostida |
Liniyani jalb qilish komissiyasi |
Kredit summasidan bir martalik - 1 % (mijoz hisobidan) Mazkur to‘lov summasi kredit muddatining dastlabki 3 oygacha bo‘lgan davrda teng taqsimlangan holda amalga oshirilishi ham mumkin. Kredit miqdori 1 mln AQSh dollardan yuqori bo‘lsa kredit muddatining dastlabki 6 oygacha bo‘lgan davrda teng taqsimlangan holda) |
Qo‘shimcha shartlar |
Ushbu liniya hisobidan 12 oy ichida qayta ishlanib realizatsiya qilish imkoni yo‘q loyihalarning aylanma mablag‘lari uchun kredit ajratilmaydi |
Kredit maqsadi |
Asosiy vosita sotib olish, bino inshoot rekonstruktsiyasi, kapital ta’mirlash, ko‘p qavatli uylar qurish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun |
Valyuta |
AQSh dollari (ajratilgan valyutani mijozning talabiga ko‘ra so‘mga konversiya qilib, mamlakat ichidagi to‘lovlarni moliyalashtirish mumkin) |
Kredit foizi |
Bankning foyz siyosatiga muvofiq
|
Liniyani jalb qilish komissiyasi |
Kredit summasidan bir martalik - 1 % (mijoz hisobidan) Mazkur to‘lov summasi kredit muddatining dastlabki 3 oygacha bo‘lgan davrda teng taqsimlangan holda amalga oshirilishi ham mumkin. Kredit miqdori 1 mln AQSh dollardan yuqori bo‘lsa kredit muddatining dastlabki 6 oygacha bo‘lgan davrda teng taqsimlangan holda) |
Kredit muddati |
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish 18 oygacha, qolgan maqsadlar bo‘yicha 54 oygacha. Bunda kreditning oxirgi muddati 2025 yil 31 oktyabrdan oshmasligi lozim |
Bitta loyihaning maksimal miqdori |
5 mln. AQSh dollarigacha aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 10 mln. AQSh dollarigacha asosiy vositalar uchun |
Kreditni qaytarish tartibi |
Loyihadan kelib chiqib, Imtiyozli davr aylanma mablag‘larni to‘ldirish 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga, qolgan maqsadlar bo‘yicha 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga. Foiz to‘lovi – har oyda Asosiy qarz to‘lovi – imtiyozli davr tugagandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida ko‘rib chiqilishi mumkin) |
Kredit ta’minoti |
Kamida 50 foiz likvid ta’minot (ko‘chmas mulk, maxsus texnikalar, transport vositalari, tilla buyumlar, depozit mablag‘lari va boshqa likvid ta’minot) garovi ostida |
Qo‘shimcha shartlar |
Ushbu liniya hisobidan bog‘dorchilik, chorvachilik (yirik va mayda shohli qoramol uchun) va issiqxona faoliyatlari uchun kredit mablag‘lari ajratilmaydi |
Mijoz |
Eksport qiluvchi tashkilot bo‘lib, ya’ni O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bilan tashqi savdo bitimlari (kontrakt, invoys) tuzgan tadbikorlik sub’ektlari hisoblanadi. |
Kredit maqsadi |
Aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun |
Kredit maksimal summasi |
Bir vaqtda bir tadbirkorlik sub’ekti uchun 1 million AQSh dollari miqdorida |
Valyuta |
AQSh dollari (ajratilgan valyutani mijozning talabiga ko‘ra so‘mga konversiya qilib, mamlakat ichidagi to‘lovlarni moliyalashtirish mumkin) |
Kredit foizi |
Xorijiy valyutada – 4 foiz |
Kredit muddati |
12 oygacha |
Kredit ajratilish shakli |
Pul o‘tkazish yo‘li bilan |
Kreditni qaytarish tartibi |
Asosiy qarzni 3 - oydan qaytarish sharti bilan, Foiz to‘lovi – har oyda, asosiy qarz to‘lovi – to‘lov muddati kelgandan so‘ng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarda bo‘linadi. |
Kredit ta’minoti |
Likvid ta’minot (ko‘chmas mulk, maxsus texnikalar, transport vositalari, tilla buyumlar, depozit mablag‘lari va boshqa likvid ta’minot) garovi, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi, taqdim etilgan xorijiy bank kafolati ta’minoti ostida. |
Qo‘shimcha shartlar |
Ushbu kredit eksport bilan shug‘ulanuvchi tashkilotlarga ajratiladi. Eksport qiluvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan eksport shartnomalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 noyabrdagi PF–5587-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi xomashyo tovarlar eksportini amalga oshirilishi nazarda tutilmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan eksport faoliyatini olib borayotgan yoki uni boshlash istagidagi tadbirkorlik sub’ektlari, tugatilish bosqichida bo‘lmagan, byudjetga to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi bo‘lmagan, ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘zg‘atilmagan hamda nizomda belgilangan boshqa talablarga rioya qiladigan qarz oluvchilarga amalga oshiriladi. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiyalar taqdim etilmaydi |
Affillangan korporativ mijozlar |
Bir-birining faoliyatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir (bosim) qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar. |
Kredit maksimal summasi |
Affillangan mijozlarning ohirgi 12 oyda hisobvarag‘iga (faoliyatidan)kelib tushgan aylanmasining o‘rtacha ikki oyligi miqdorida, lekin 10,0 mlrd.so‘mdan oshmagan miqdorda. |
Valyuta |
So‘mda |
Kredit foizi |
Aylanma mablag‘lar uchun amaldagi foiz siyosati |
Kredit muddati |
12 oygacha |
Imtiyozli davr |
6 oy |
Kredit ajratilish shakli |
Overdraft olayotgan mijozning asosiy hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi |
Kreditni qaytarish tartibi |
Kreditni qaytarish grafigiga asosan |
Kredit ta’minoti |
Quyidagi ta’minot turlaridan biri yoki bir nechtasi taqdim qilinishi lozim: -Likvidli mol-mulk garovi; -Uchinchi shaxs kafilligi; -Sug‘urta polisi; -Sug‘urta kompaniyasi yoki bank kafolati. |
Qo‘shimcha shartlar |
Affillangan mijozlarning asosiy hisobvaraqlari “Ipoteka-bank” ATIBda bo‘lishi kamida 12 oy davomida bankning mijozi bo‘lishi, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi (mijoz so‘nggi 36 oy davomida avvalgi kreditlari bo‘yicha (boshqa banklardan olgan bo‘lsa ham) 30 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlikga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi kerak emas, agar mijoz joriy krediti mavjud bo‘lsayu, kredit bo‘yicha imtiyozli yoki investitsiya davri davom etayotgan bo‘lsa ajratish kerak emas, K-2 mavjud bo‘lmasligi). Ikkilamchi hisobvaraq orqali kredit ajratilmaydi. |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni, bankning amaldagi Kredit siyosati va “Ipoteka-bank” ATIB kreditlash nizomiga asosan amalga oshiriladi. |
Mahsulot turi |
Valyutaviy SVOP operatsiyalari |
SVOP operatsiyalarni amalga oshirish |
-Tuzilgan shartnomaga asosan -Mijozlar bilan qatʼiy belgilangan limitlar doirasida amalga oshiriladi |
SVOP operatsiyalar valyutasi |
Soʼm, АQSh dollari |
SVOP operatsiyalar muddati |
12 oygacha |
Komission toʼlovi: |
|
- 1 oy muddatgacha - 1 oydan 3 oy muddatgacha - 3 oydan 6 oy muddatgacha - 6 oydan 9 oy muddatgacha - 9 oydan 12 oy muddatgacha |
0,25% shartnoma summasidan 0,5% shartnoma summasidan 1,0% shartnoma summasidan 1,5% shartnoma summasidan 2,0% shartnoma summasidan Аmaliyot amalga oshirish vaqtida milliy valyutada undiriladi. |
Taʼminot miqdori |
Аmaliyot muddatidan qatʼiy nazar, shartnoma summasidan 2%gacha depozit mablagʼlari (Soʼm, АQSh dollar) |
SVOP operatsiyalarni rasmiylashtirish joyi |
Bank filiallari/BXM |
Kerakli hujjatlar roʼyhati |
-Shartnoma -Аriza |
Mahsulot turi |
Valyutaviy Forvard operatsiyalari |
Forvard operatsiyalarini amalga oshirish |
-Tuzilgan shartnomaga asosan - Mijozlar bilan qatʼiy belgilangan limitlar doirasida amalga oshiriladi |
Forvard operatsiyalar valyutasi |
Soʼm, АQSh dollari |
Forvard operatsiyalar muddati |
12 oygacha |
Forvard kursi |
Valyutaviy forvard operatsiyalarini amalga oshirish toʼgʼrisida Nizomga asosan belgilanadi |
Komission toʼlovi: |
|
- 1 oy muddatgacha - 1 oydan 3 oy muddatgacha - 3 oydan 6 oy muddatgacha - 6 oydan 9 oy muddatgacha - 9 oydan 12 oy muddatgacha |
0,25% shartnoma summasidan 0,5% shartnoma summasidan 1,0% shartnoma summasidan 1,5% shartnoma summasidan 2,0% shartnoma summasidan Аmaliyot amalga oshirish vaqtida milliy valyutada undiriladi. |
Taʼminot miqdori |
Аmaliyot muddatidan qatʼiy nazar, shartnoma summasidan 3%gacha depozit mablagʼlari (Soʼm, АQSh dollar) |
Forvard operatsiyalarni rasmiylashtirish joyi |
Bank filiallari/BHM |
Kerakli hujjatlar roʼyxati |
-Shartnoma -Аriza |
Kredit olish uchun kerakli hujjatlar:
• kredit olish uchun ariza;
• biznes-reja;
• moliyaviy hisobotlar (YaTTlar bundan mustasno);
• ta’minot hujjatlari;
• bank, zaruratdan kelib chiqib, boshqa hujjatlar talab qilishi mumkin.