Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bank menejmenti haqida

Rasm yo'q
Boshqaruv Raisi

Elyor Inomjonov

Ish telefonlari:

(78) 150-11-22

Qabul vaqti:

Juma kuni soat 8:00dan 11:00gacha

Inomjonov Elyor 1978 yilda tug'ilgan. U 1999 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (magistratura), 2010 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini, 2013 yilda Yaponiyaning Xitotsubashi universitetini tugatgan. Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 1999 yil O`zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki Toshkent shahar bo`limining Chakana amaliyotlari bo`limi 2 – toifali mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

2021 yildan boshlab “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruvi Raisi lavozimida ishlab kelmoqda. Oilali. Uch nafar farzandi bor.

Rasm yo'q
Boshqaruv Raisining o‘rinbosari – Korporativ boshqaruvi bloki rahbari

Jamshid Xayrullaev

Ish telefonlari:

Qabul vaqti:


Xayrullayev Jamshid 1977 yilda tug'ilgan. U 1998 yilda Toshkent davlat tehnika universiteti, 2005 yilda Yaponiya xalqaro universitetini (magistratura) tugatgan. Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 1998 yil O‘zDEU Bank G‘aznachilik bo‘limi mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

2023 yil iyun oyidan boshlab, “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruv Raisining o‘rinbosari – Korporativ boshqaruvi bloki rahbari, Boshqaruv a’zosi sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.Oilali. Uch nafar farzandi bor.


Rasm yo'q
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Risklarni boshqarish bloki rahbari

Viktor Vorobey

Ish telefonlari:

Qabul vaqti:


Viktor Vorobey 1981 yilda tug'ilgan. U 2005 yilda Pazmany Peter Catholic Universitetini tugatgan. Mehnat faoliyatini 2006 yil Budapesht shahrining Prandler and Petroczy yuridik firmasi Yuriskonsulti lavozimidan boshlagan.

2023 yil iyun oyidan boshlab,  “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari –  Risklarni boshqarish bloki rahbari, Boshqaruv a’zosi sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Oilali. Bir nafar farzandi bor.

Rasm yo'q
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Strategiya va moliya bloki rahbari

Adam Szentpeteri

Ish telefonlari:

Qabul vaqti:


Adam Szentpeteri 1972 yilda tug'ilgan. U 1996 yilda Vengriya davlati Korvinus iqtisodiyot fanlari universiteti, 2007 yilda Vengriya davlati Budapesht shahridagi Markaziy Yevropa universiteti (CEU, Vengriya), 2007 yil ELTE (Vengriya) fanlar universitetini tugatgan. Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 2005 yilda Vengriya davlati OTP Bankida iqtisodchi lavozimidan boshlagan.

2023 yil iyun oyidan boshlab, “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari –  Strategiya va moliya bloki rahbari, Boshqaruv a’zosi sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Oilali. Ikki nafar farzandi bor.

Rasm yo'q
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Kichik biznes va chakana xizmatlar bloki rahbari

Dmitriy Sapronov

Ish telefonlari:

Qabul vaqti:


Sapronov Dmitriy 1978 yilda tug'ilgan. U 2000 yilda Moskva shahri, Jukovskiy nomidagi Harbiy havo kuchlari akademiyasi, 2007 yilda Rossiya federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetini tugatgan. Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 2001 yil Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi “ROSBANK” aksiyadorlik tijorat banki, Mijozlar bilan ishlash bo‘limi menedjeri lavozimidan boshlagan.

2023 yil iyun oyidan boshlab,  “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari –  Kichik biznes va chakana xizmatlar bloki rahbari, Boshqaruv a’zosi sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Oilali. Ikki nafar farzandi bor.

Rasm yo'q
Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari – Korporativ Banking va bozor instrumentlari bloki rahbari

Umidjon Xakimov

Ish telefonlari:

Qabul vaqti:


Umidjon Xakimov 1971- yilda tavallud topgan bo’lib, 1994-yil Mehnat Qizil Bayroq nishoni Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutida bakalavrlik, 1997 -yil Toshkent davlat universitetining maxsuslashtirilgan oliy biznes maktabida magistrlik darajasini olgan. Shuningdek, 2002 -yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida, 2011 -yil London biznes maktabida tahsil olgan.

1993-1999 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston birlashgan millatlar tashkilotida faoliyat yuritgan.

Bank sohasidagi faoliyatini 1999-yildan "Ipak Yo‘li" aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankida boshlagan va 1999-2006-yillarda Investitsion loyihalarni moliyalashtirish, Mikrokreditlash, Kreditlash, Qimmatbaxo qog‘ozlar va pul bozori, Marketing va mijozlar siyosati, Marketing va xalqaro moliya institutlar bilan ishlash kabi yo'nalishlarda turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan.

2006-2008 yillarda ABN AMRO BANK NB Uzbekistan AJ Biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejer hamda Boshqaruv raisi o‘rinbosari-Korporativ boshqaruv rahbari lavozimlarida ishlagan.

2011-2021 yillarda "ASIA ALLIANCE BANK" xususiy ochiq aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi, keyinchalik esa Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

2021-2023-yildan "ASIA ALLIANCE BANK" aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.

2023-yil dekabr oyidan buyon  Ipotekabank OTP Group Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari – Korporativ Banking va bozor instrumentlari bloki rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.

Rasm yo'q
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Kredit portfeli monitoringi va muammoli kreditlar bilan ishlash bloki rahbari

Nodirbek Raxbarov

Ish telefonlari:

Qabul vaqti:


Raxbarov Nodirbek 1979 yilda tug'ilgan. U 2000 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2002 yilda Toshkent moliya institutini (magistratura), 2006 yilda O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, 2009 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 2001 yil “O`ztadbirkorbank” Toshkent viloyati boshqarmasi Kichik va o`rta biznesni kreditlash bo‘limi mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

2023 yil iyun oyidan boshlab “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Kredit portfeli monitoringi va muammoli kreditlar bilan ishlash bloki rahbari, Boshqaruv a’zosi sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Oilali. Uch nafar farzandi bor.

Rasm yo'q
Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Operatsion bloki rahbari

Maxmud Abduraxmanov

Ish telefonlari:

Qabul vaqti:


Abduraxmanov Maxmud 1976 yilda tug'ilgan. U 1998 yilda Toshkent davlat universitetini, 2007 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 1998 yil O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti Qo`shma, chet el va xususiy tijorat banklarining faoliyatini tahlil qilish bo‘limi 1 –toifali iqtisodchi lavozimidan boshlagan.

2018 yildan boshlab “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Operatsion bloki rahbari, Boshqaruv a’zosi sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Oilali. Uch nafar farzandi bor.