Nashr etilgan: 12 mart, 2025
Ipoteka bank OTP Group’dagi innovatsiyalar:yangi Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi ishga tushirildi
Ipoteka bank OTP Group Bank tizimlarining xavfsizligi va samaradorligini sezilarli darajada oshiradigan yangi Asosiy Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (AMQM) ishga tushirilganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Zamonaviy AMQM ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va mijozlar ehtiyojlarini qondirish hamda nazorat organi qo‘ygan qat’iy talablarga javob berish maqsadida barcha amaliyotlarni optimallashtirish uchun poydevor bo‘ladi.