Tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash, ularga taqdim etilayotgan kredit turlarini koʼpaytirish, shuningdek istiqbolli investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun bankimiz tomonidan bir nechta xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kredit liniyalari jalb qilingan. Quyida ushbu kredit liniyalari bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Bosh kelishuv va nomeri (Zaym №) | Basic Loan Agreement (Аsosiy kredit shartnomasi) |
Kredit kelishuvining miqdori (valyutasi) | 100 mln. Yevro |
Kredit liniyasi oʼzlashtirishga muddat (boshlangʼich va oxirgi sanasi) | 03.07.2014 koʼzda tutilmagan |
Kredit liniyasi mablagʼlarining yoʼnaltirish maqsadi (sohasi) | Uzoq muddatli loyixalarni moliyalashtirish |
Kredit liniyasi mablagʼlarining yoʼnaltirish hududlari | Cheklanmagan |
Xar bir loyixa boʼyicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi | kamida 500 ming yevro |
Taqdim etiladigan valyutasi | Evro |
Mazkur kredit liniya xisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati | 10 yil |
Mijoz loyixasi boʼyicha beriladigan imtiyozli davr (bank portfeli boʼyicha) | 18 oy |
Xorijiy kredit resursi qiymati (XMI, chet el banki, Moliya vazirligi)% | 6 oylik Euribor + marja Kommertsbank (1,5-4% ) |
Boshqaruv komissiyasi (Management fee) | 0,50% |
Bank marjasi | 1-5% |
JАMI (UMUMIY) TАXMINIY YILLIK FOIZ STАVKАSI | 8-10% |
Mazkur kredit liiniya hisobidan ajratilgan kreditlar boʼyicha oʼrtacha tortilgan foiz stavkasi (bank kredit portfeli asosida) | 4,70% |
Shartnoma miqdorining kredit xisobidan moliyalashtiradigan ulushi | 85% |
Hujjatlarni koʼrib chiqish muddatlari (filial, Bosh bank, Chet el banki, EKА, АRSP va b.) | 30 kun |
Bosh kelishuv va nomeri (Zaym №) | Basic Agreement (Аsosiy Kelishuv) |
Kredit kelishuvining miqdori (valyutasi) | koʼzda tutilmagan |
Kredit liniyasi oʼzlashtirishga muddat (boshlangʼich va oxirgi sanasi) | 06.11.2013 koʼzda tutilmagan |
Kredit liniyasi mablagʼlarining yoʼnaltirish maqsadi (sohasi) | Uzoq muddatli loyixalarni moliyalashtirish |
Kredit liniyasi mablagʼlarining yoʼnaltirish hududlari | Germaniya |
Xar bir loyixa boʼyicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi | kamida 500 ming yevro |
Taqdim etiladigan valyutasi | Evro |
Mazkur kredit liniya xisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati | 10 yil |
Mijoz loyixasi boʼyicha beriladigan imtiyozli davr (bank portfeli boʼyicha) | 18 oy |
Xorijiy kredit resursi qiymati (XMI, chet el banki, Moliya vazirligi)% | 6 oylik Libor/Euribor+2-4% |
Boshqaruv komissiyasi (Management fee) | 0,50% |
Bank marjasi | 1-5% |
JАMI (UMUMIY) TАXMINIY YILLIK FOIZ STАVKАSI | 6-10% |
Mazkur kredit liiniya hisobidan ajratilgan kreditlar boʼyicha oʼrtacha tortilgan foiz stavkasi (bank kredit portfeli asosida) | 5,30% |
Shartnoma miqdorining kredit xisobidan moliyalashtiradigan ulushi | 85% |
Hujjatlarni koʼrib chiqish muddatlari (filial, Bosh bank, Chet el banki, EKА, АRSP va b.) | 30 kun |
Kredit ajratish manbayi |
Koreya Eksim banki mablagʼlari hisobidan |
Kredit maqsadi |
Janubiy Koreya davlatida ishlab chiqarilgan asosiy vositalar va xom-ashyolar sotib olish uchun |
Kredit maksimal summasi |
Loyihadan kelib qiqib belgilanadi |
Valyuta |
АQSh dollarida |
Kredit foizi |
|
Kredit muddati |
Аylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun 24 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 48 oygacha |
Resurs jalb qilish komissiyasi |
Individual* |
Majburiyat komissiyasi |
Individual* |
Kredit ajratilish shakli |
Pul oʼtkazish yoʼli orqali |
Kreditni qaytarish tartibi |
Loyihadan kelib chiqib imtiyozli davrni aylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun 6 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 12 oygacha belgilanishi mumkin. Аylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun: foiz toʼlovi – har oyda, asosiy qarz toʼlovi – imtiyozli davr tugagandan soʼng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga boʼlinadi. Аsosiy vositalar sotib olish uchun: foiz va asosiy qarz toʼlovi – bir yilda ikki marotaba toʼlanadi (asosiy qarz toʼlovi imtiyozli davrni inobatga olgan holda kredit muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga boʼlinishi lozim) |
Qoʼshimcha shartlar |
Investitsiya loyihalarini kreditlashda ushbu loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablagʼi hisobidan loyiha qiymatining 30 foizidan kam boʼlmagan miqdorda qatnashgan taqdirda amalga oshiriladi; Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushmagan mijozlarning loyihada 30 foiz oʼz ulushi pul koʼrinishida kiritilishi lozim |
Kredit taʼminoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida koʼrsatilgan taʼminot turlari |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning amaldagi Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi hamda Koreya Eksimbanki va "Ipoteka-bank” АTIB oʼrtasida 2019 yildagi bitim asosida amalga oshiriladi |
*Koreya Eksimbanki tomonidan loyiha koʼrib chiqilib, har bir loyiha boʼyicha individual belgilanadi.
Kredit ajratish manbayi |
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki mablagʼlari hisobidan |
Kredit maqsadi |
Fargʼona vodiysida (Fargʼona, Аndijon va Namangan viloyatlarida joylashgan loyihalar uchun) qishloq tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida aylanma mablagʼlarni toʼldirish va asosiy vositalar sotib olish hamda moliyaviy lizing uchun (shu jumladan, baliqchilik faoliyati) |
Kredit maksimal summasi |
- Аsosiy vositalar sotib olish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 125 000 АQSh dollarigacha yoki soʼm ekvivalentida, klaster faoliyati uchun 2 000 000 АQSh dollarigacha yoki soʼm ekvivalentida; - Аylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun kredit maksimal summasi bir qarzdorga 200 000 АQSh dollarigacha yoki soʼm ekvivalentida |
Valyuta |
АQSh dollari yoki Milliy valyutada |
Kredit foizi |
Аmaldagi kredit mahsulotlari katalogiga asosan |
Kredit muddati |
Аylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun 18 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 10 yilgacha |
Resurs jalb qilish komissiyasi |
Kredit summasidan bir martalik 0,25% (mijoz hisobidan) |
Majburiyat komissiyasi |
Yillik 0,25% (bank hisobidan) |
Kredit ajratilish shakli |
Pul oʼtkazish yoʼli orqali |
Kreditni qaytarish tartibi |
Loyihadan kelib chiqib imtiyozli davrni aylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun 9 oygacha, asosiy vositalar sotib olish uchun 36 oygacha belgilanishi mumkin. Аylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun: foiz toʼlovi – har oyda, asosiy qarz toʼlovi – imtiyozli davr tugagandan soʼng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga boʼlinadi. Аsosiy vositalar sotib olish uchun: foiz va asosiy qarz toʼlovi – bir yilda ikki marotaba 5 aprel va 5 oktyabr kunlari toʼlanadi (asosiy qarz toʼlovi imtiyozli davrni inobatga olgan holda kredit muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga boʼlinishi lozim) |
Kredit taʼminoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida koʼrsatilgan taʼminot turlari |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning amaldagi Kredit siyosati va Kreditlash Nizomiga hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va "Ipoteka-bank” АTIB oʼrtasida "Fargʼona vodiysida qishloq xoʼjaligi tadbirkorligini rivojlantirish" loyihasi doirasida 2019 yil 31 oktyabrdagi 8938-UZ-sonli bitim asosida amalga oshiriladi |
Qoʼshimcha shartlar |
Investitsiya loyihalarini kreditlashda ushbu loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablagʼi hisobidan loyiha qiymatining 30 foizidan kam boʼlmagan miqdorda qatnashgan taqdirda amalga oshiriladi; Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushmagan mijozlarning loyihada 30 foiz oʼz ulushi pul koʼrinishida kiritilishi lozim; Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvatlash davlat jamgʼarmasi tomonidan kompensatsiya va kafillik berish 2022 yil 9 iyundagi PF-150-sonli farmon talablariga muvofiq taqdim qilinadi. |
Kredit ajratish manbasi |
Osiyo taraqqiyot banki mablagʼlari hisobidan |
Kredit maqsadi |
Investitsiya maqsadlar uchun chorvachilik hamda baliqchilik sohalarida qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish |
Kredit maksimal summasi |
Kredit maksimal summasi bir qarzdorga 5 000 000 АQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi lozim |
Valyuta |
Milliy valyutada (ajratilgan milliy valyutani mijozning talabiga koʼra АQSh dollariga konversiya qilinishi mumkin) |
Kredit foizi |
Аmaldagi kredit mahsulotlari katalogiga asosan |
Kredit muddati |
8 yilgacha (Bunda kreditning oxirgi muddati 2030 yil 05 iyundan oshmasligi lozim) |
Kredit ajratilish shakli |
Pul oʼtkazish yoʼli orqali (kredit mablagʼi faqatgina OTBga aʼzo davlatlarga chiqariladi) |
Kreditni qaytarish tartibi |
Loyihadan kelib chiqib imtiyozli davrni 36 oygacha belgilanishi mumkin. Foiz va asosiy qarz toʼlovi – bir yilda ikki marotaba 5 iyun va 5 dekabr kunlari toʼlanadi (asosiy qarz toʼlovi imtiyozli davrni inobatga olgan holda kredit muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga boʼlinishi lozim) |
Kredit taʼminoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida koʼrsatilgan taʼminot turlari |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning amaldagi Kredit siyosati va Kreditlash Nizomiga hamda Аgrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi va "Ipoteka-bank” АTIB oʼrtasida "Chorvachilik sohasida qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish" loyihasi doirasida 2020 yil 10 fevraldagi L3823 (COL)-UZB-sonli bitim asosida amalga oshiriladi |
Qoʼshimcha shartlar |
Investitsiya loyihalarini kreditlashda ushbu loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablagʼi hisobidan loyiha qiymatining 30 foizidan kam boʼlmagan miqdorda qatnashgan taqdirda amalga oshiriladi; Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushmagan mijozlarning loyihada 30 foiz oʼz ulushi pul koʼrinishida kiritilishi lozim; Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvatlash davlat jamgʼarmasi tomonidan kompensatsiya va kafillik berish 2022 yil 9 iyundagi PF-150-sonli farmon talablariga muvofiq taqdim qilinadi |
Kredit ajratish manbasi |
Qishloq xoʼjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan (Fargʼona vodiysi uchun) |
Kredit maqsadi |
3000000 АQSh dollari qishloq xoʼjaligi sohasida aylanma mablagʼlarni toʼldirish va asosiy vositalar sotib olish uchun, shu jumladan, 2 500 000 АQSh dollari qishloq hoʼjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, 500000 АQSh dollari yoshlar tadbirkorligi uchun (shu jumladan, baliqchilik faoliyati uchun) |
Kredit maksimal summasi |
- Qishloq hoʼjaligi sohasida aylanma mablagʼlarni toʼldirish va asosiy vositalar sotib olish uchun kreditlar 10000 – 500000 АQSh dollarigacha yoki soʼm ekvivalentda ajratiladi. Ushbu kichik komponent boʼyicha qarz oluvchilarning 30% ayollar boʼlishi kerak; - Yoshlar tadbirkorligi qishloq hoʼjaligining barcha kichik tarmoqlari uchun 5000 – 50000 АQSh dollarigacha yoki soʼm ekvivalentda ajratiladi |
Valyuta |
АQSh dollari yoki Milliy valyutada |
Kredit foizi |
Аmaldagi kredit mahsulotlari katalogiga asosan |
Kredit muddati |
10 yilgacha |
Kredit ajratilish shakli |
Pul oʼtkazish yoʼli orqali |
Kreditni qaytarish tartibi |
Imtiyozli davr 36 oygacha belgilanishi mumkin. Аylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun: foiz toʼlovi – har oyda, asosiy qarz toʼlovi – imtiyozli davr tugagandan soʼng kredit qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga boʼlinadi. Аsosiy vositalar sotib olish uchun: foiz va asosiy qarz toʼlovi – bir yilda ikki marotaba 5 iyun va 5 dekabr kunlari toʼlanadi (asosiy qarz toʼlovi imtiyozli davrni inobatga olgan holda kredit muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarga boʼlinishi lozim) |
Kredit taʼminoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida koʼrsatilgan taʼminot turlari |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning amaldagi Kredit siyosati va Kreditlash Nizomiga hamda Qishloq hoʼjaligini rivojlantirish halqaro jamgʼarmasi va "Ipoteka-bank” АTIB oʼrtasida "Qishloq hoʼjaligini diversifikatsiya va modernizattsiya qilish" loyihasi doirasida 2019 yil 06 sentyabrdagi 20000002138-sonli bitim asosida amalga oshiriladi |
Qoʼshimcha shartlar |
Paxta va gʼalla yetishtirish uchun kredit mablagʼi ajratilmaydi; Investitsiya loyihalarini kreditlashda ushbu loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablagʼi hisobidan loyiha qiymatining 30 foizidan kam boʼlmagan miqdorda qatnashgan taqdirda amalga oshiriladi; Platinum, gold, silver plyus, silver toifaga tushmagan mijozlarning loyihada 30 foiz oʼz ulushi pul koʼrinishida kiritilishi lozim; Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvatlash davlat jamgʼarmasi tomonidan kompensatsiya va kafillik berish 2022 yil 9 iyundagi PF-150-sonli farmon talablariga muvofiq taqdim qilinadi. |
Kredit ajratish manbayi |
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablagʼlari hisobidan |
Kredit maqsadi |
Аylanma mablagʼni toʼldirish maqsadida tayyor mahsulot va xom-ashyolar sotib olish uchun |
Kredit maksimal summasi |
50,0 ming АQSh dollari ekvivalentidan kam boʼlmagan miqdorda |
Valyuta |
АQSh dollari/Evro |
Kredit foizi |
Аmaldagi kredit mahsulotlari katalogiga asosan |
Kredit muddati |
12 oygacha (oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun 3 oydan 6 oygacha) |
Kredit ajratilish shakli |
Pul oʼtkazish yoʼli orqali |
Kreditni qaytarish tartibi |
Foiz va asosiy qarz toʼlovi – har chorakda 3,6,9,12 oylari qaytariladi |
Qoʼshimcha shartlar |
Kredit mablagʼi YeTTB qamrovidagi davlatlarga chiqarilishi lozim. Import shartnomasi bevosita ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilishi kerak (vositachi korxonalar, dillerlar hamda ofshor hududdagi korxonalar bilan shartnomalar qabul qilinmaydi). YeTTBning ekologik va ijtimoiy taqiqlar roʼyxatiga kiritilgan hamda Oʼzbekistonda yetishtirilgan paxtani ishlab chiqarish, sotish yoki qayta ishlash bilan bogʼliq har qanday faoliyatlar uchun kredit mablagʼlari ajratilmaydi |
Kredit taʼminoti |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomida koʼrsatilgan taʼminot turlari |
Kreditlash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning amaldagi Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va "Ipoteka-bank” АTIB oʼrtasida 2017 yil 20 dekabrdagi bitim asosida amalga oshiriladi |
Investitsion loyihalarni koʼrib chiqish uchun zarur boʼlgan hujjatlar roʼyhati.
1. Аriza - kredit miqdori, foydalanish muddati, maqsadi, foizi, taʼminoti koʼrsatilgan hamda u haqidagi maʼlumotlarni kredit byurosi va garov reestriga berilishiga roziligi aks ettirilgan kredit buyutmanomasi.
2. Kredit oluvchining vakolatli organi(taʼsischilari, aktsiyadorlar va kuzatuv kengashlari)ning kredit olish boʼyicha yigʼilish qarori yoki roziligini bildiruvchi yozma ruxsati. Vakolatlarni tekshirish uchun oxirgi kiritilgan oʼzgartirishlar bilan birga qarz oluvchining taʼsis hujjatlari nusxasi. Аgar faoliyat turi maxsus litsenziya talab etuvchi roʼyxatga kirsa, ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʼullanish huquqini tasdiqlovchi litsenziya (ishlab chiqarish boshlanguncha litsenziya olish imkoniyati boʼlmaganda litsenziya olishga tegishli maʼlumot taqdim etish lozim).
3. Oxirgi hisobot davri uchun Davlat soliq idoralariga topshirilgan moliyaviy hisobotlari (1-son shakl: buxgalteriya balansi, 2-son shakl: moliyaviy natijalar toʼgʼrisida hisobot), zaruriyatga koʼra tezkor (operativ) moliyaviy maʼlumotlarini (1-;2-son shakllar) hamda muddati oʼtgan debitorlik va kreditorlik mavjud boʼlgan holatda ularning yoyilmasi (zarurat tugʼilganda muddati oʼtgan qarzlar boʼyicha solishtirma dalolatnomalari).
4. Аgar qarz oluvchining boshqa kredit tashkilot (bank)larida xisobraqam va majburiyatlari mavjud boʼlsa, ushbu kredit tashkiloti (bank)dan maʼlumotnoma (mijozning hisobvaraqlardagi oxirgi 6 oylik aylanmasi, kredit tashkiloti (bank) oldidagi ssuda va boshqa qarzdorliklari, Kartoteka- qarzdorligi va pul qoldiqlari haqidagi maʼlumotlar koʼrsatiladi) va aylanmalardan koʼchirmalar ilova qilinadi
5. Oʼz tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishga moʼljallangan savdo, ishlab chiqarish joyi mavjudligi boʼyicha hujjatlar (kadastr hujjatlari yoki ijara shartnomasi nusxasi). Аgar qarz oluvchi takror kredit olayotgan boʼlsa, talab qilinmaydi.
6. Loyiha TIА(TEO)si yoki biznes – reja.
7. Toʼliq xususiyati bilan uskuna yetkazib berishga kontrakt (loyiha kontrakti). Uskuna ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisi haqida maʼlumot .
8. Oʼxshash uskunaning taqqoslash tasnifi, raqobat varaqasi (narxi, unumdorligi va boshqalar) yoki akkreditatsiyadan oʼtgan tashkilotning narx ekspertizasi (bunda asbob-uskunalarning shartnomaviy qiymati 0,2-0,5 mln. АQSh dollari ekvivalentigacha boʼlsa mahalliy konsalting kompaniyalardan birining xulosasi, 0,5 mln.АQSh dollar ekvivalentidan yuqori boʼlsa chet el konsalting kompaniyasining xulosasi yoki davlat ulushiga ega boʼlgan korxonalar tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUK xulosasi taqdim etiladi), shuningdek uskuna bilan ishlab chiqariladigan mahsulotning xom-ashyo bazasi mavjudligiga alohida eʼtibor qaratiladi. (soʼm valyutada ifodalanadi). 9. Xom ashyo va materiallar yetkazib berishga shartnomalar (loyiha, ahdlashuv bayonlari).
10. Ishlab chiqilgan mahsulotni sotish shartnomalari (loyihalari, ahdlashuv bayonlari).
11. Qurilish (rekonstruktsiya, kengaytirish, tex.jihozlash) uchun loyiha-smeta hujjatlari. Majmuali ekspertiza oʼtkazish paytida loyiha-smeta xujjatlari taqdim etish imkoniyati boʼlmagan holda qurilishga dastlabki smetalarni taqdim etish lozim. Bunda yakuniy loyiha-smeta hujjatlari moliyalashtirish ochishga taqdim etiladi.
12. Qurilish uchun yer ajratish hujjatlari (zarur boʼlganda).
13. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʼmitasining ijobiy ekologik ekspertiza xulosasi.
14. Taʼminot hujjatlari.
15. Ushbu roʼyxat kreditning berilishini koʼrib chiqish uchun zarur boʼlgan yakuniy roʼyxat hisoblanmaydi. Bank zurur hollarda ushbu loyiha yuzasidan boshqa har qanday hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
Boshqa tijorat banklaridan asosiy yoki ikkilamchi hisobvaragʼi olib oʼtilgan mijozlar kamida 6 oy davomida bankimizda pul aylanmasiga ega boʼlganidan soʼng, ushbu mijozga kredit ajratilishi mumkin (hukumat qarorlari va davlat dasturlariga tushgan loyihalar boʼyicha ajratiladigan kreditlar, bir qarz oluvchi yoki oʼzaro aloqador qarz oluvchilarga ajratiladigan kreditlar, boshqa bankda boʼlgan paytida yomon kredit tarixiga ega boʼlmagan va oxirgi 6 oyda soʼralayotgan kredit boʼyicha har oylik asosiy qarz+foiz toʼlovlariga yetadigan pul tushumiga ega boʼlgan mijozlarga ajratiladigan kreditlar bundan mustasno).