Bank kafolati — bank (kafil) boshqa shaxs (printsipal)ning buyurtmasiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq printsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida printsipalga beradigan yozma majburiyat (kafolat).
Bank xizmatlarining ushbu turi mijozning kontragentlar va boshqa banklar oldidagi majburiyatlarining bajarilishini kafolatlaydi.
Kafolatlarni berishda mijoz bilan shartnoma tuziladi, unda bank kafolatini berish tartibi, uning shartlari, to‘lov shartlari va tomonlarning o‘zaro majburiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Ayrim hollarda ushbu shartnoma kredit shartnomasiga o‘xshab ta’minotni talab qiladi.
Bank kafolatini olish uchun mijoz bankka kredit olish uchun o‘rnatilgan ro‘yxatga ko‘ra hujjatlarni taqdim etadi.
Kafolatlar va kafilliklar berish mijozlar bilan tuzilgan tegishli shartnomalar bilan rasmiylashtiriladi, ularda kafolatlar (kafilliklar) berishning asosiy shartlari, jumladan, vositachilik haqi summasi ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
Kafolatlar berish hukumatlararo va xalqaro kelishuvlar bo‘yicha investitsiya loyihalari bilan bog‘liq bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Benefitsiar |
Tovarlar/xizmatlar ta’minotchisi, pudrat shartnomalari bo‘yicha buyurtmachi |
Summa |
Tuzilgan shartnomalarga muvofiq (odatda shartnoma summasining 10 % gacha) |
Valyuta |
O’zbek so‘mi, AQSh dollari, Yevro |
Kafolatning amal qilish muddati |
Shartnomalar shartlariga muvofiq |
Vositachilik haqi |
har 3 oy uchun kafolat xati summasining 1-5 % miqdorda |
Vositachilik haqini to‘lash muddati |
kafolat muddati bo'yicha har 3 oyda |
Ta’minot |
|
Kafolat olish uchun prinsipal quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- zarar ko‘rib ishlamayotgan bo‘lishi hamda nolikvid balansga ega bo‘lmasligi;
- muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud bo‘lmasligi;
- oxirgi 3 moliyaviy yil natijalari bo‘yicha ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lishi;
- ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi.
Benefitsiar |
Tovarlar/xizmatlar ta’minotchisi, pudrat shartnomalari bo‘yicha buyurtmachi |
Summa |
Tuzilgan shartnomalarga muvofiq (Tender kafolatida shartnoma summasining 5 % gacha, tender kafilligida shartnoma summasining 20 % gacha) |
Valyuta |
O’zbek so‘mi, AQSh dollari, Yevro |
Kafolatning amal qilish muddati |
Tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq |
Vositachilik haqi |
har 3 oy uchun: kafolat summasining 1-3 % miqdorida, kafillik summasidan 0,2-0,4 % miqdorida |
Vositachilik haqini to‘lash muddati |
kafolatlar chiqarilgunicha |
Ta’minot |
|
Kafolat olish uchun prinsipal quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- zarar ko‘rib ishlamayotgan bo‘lishi hamda nolikvid balansga ega bo‘lmasligi;
- muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud bo‘lmasligi;
- oxirgi 3 moliyaviy yil natijalari bo‘yicha ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lishi;
- ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi.
Benefitsiar |
Tovarlar/xizmatlar ta’minotchisi, pudrat shartnomalari bo‘yicha buyurtmachi |
Summa |
Tuzilgan shartnomalarga muvofiq (shartnoma summasining 15 % gacha) |
Valyuta |
O’zbek so‘mi, AQSh dollari, Yevro |
Kafolatning amal qilish muddati |
Tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq |
Vositachilik haqi |
kafolat summasining 1-3 % miqdorida |
Vositachilik haqini to‘lash muddati |
kafolatlar chiqarilgunicha bir martalik to‘lov bilan |