Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

«Ipoteka-bank» ATIB aksiyadorlari diqqatiga (OTP guruhi)

Nashr etilgan: 26 may, 2025

Toshkent shahar, Shahrisabz ko‘chasi, 30-uyda joylashgan «Ipoteka-bank» ATIB, 2025-yil
18-iyun kuni soat 1100 da, http://evote.uz/ saytida masofadan turib elektron ovoz berish xizmati orqali bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

 

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yig‘ilishni olib borish imkonini beruvchi http://evote.uz/ manzilidagi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmati yordamida o‘tkaziladi.

 

YIG‘ILISh KUN TARTIBI:

  

1. “Ipoteka-bank” ATIB OTP Group 2024-yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash.

2. “Ipoteka-bank” ATIB OTP Group Kuzatuv kengashining 2024-yil uchun yillik hisobotini eshitish.

3. “Ipoteka-bank” ATIB OTP Group 2024-yil uchun foydasi (yoki zarari)ni taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilish.

4. “Ipoteka-bank” ATIB OTP Group yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

5. “Ipoteka-bank” ATIB OTP Group Boshqaruvi tarkibiga o‘zgartirishlarni tasdiqlash.

6. 2025-yil uchun majburiy auditorlik tekshiruvini o'tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash va ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

 

Aksiyadorlarni yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2025-yil 26-may.

 

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2025-yil 12-iyun.

 

Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishga oid hujjatlar bilan bankning www.ipotekabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz/ platformasi orqali tanishishlari yoki cenbum@ipotekabank.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishlari mumkin.

 

Yillik umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish http://evote.uz/ saytida internet orqali ularning elektron ovoz berish xizmatidan foydalangan holda yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida elektron xabarnoma olingan paytdan boshlab amalga oshiriladi.

 

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish tarkibi bilan http://evote.uz/ manzili bo‘yicha elektron ovoz berish xizmati orqali (tel.:+998 90-006-77-44) tanishishingiz mumkin.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon raqami: (78)150-11-22.

 

 

Hurmat bilan,

Kuzatuv kengashi

“Ipoteka-bank” ATIB OTP Group