Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

YTTB “Ipoteka-bank” АTIBga yangi limit berish orqali Oʼzbekistonda savdoni qoʼllab-quvvatlashni kengaytirmoqda

Nashr etilgan: 8 may, 2020

  • ETTB «Ipoteka-bank» АTIB ga savdoni moliyalash uchun qoʼshimcha ravishda 30 million dollar ajratdi

  • Ushbu mablagʼlar mahalliy eksport va import bilan shugʼullanuvchilarga yordam koʼrsatishga yoʼnaltiriladi
  • Ushbu yordam koronavirus pandemiyasi sharoitida hayotiy muhim ahamiyatga ega boʼlgan savdo aloqalarini davom ettirish uchun moʼljallangan


Oʼzbekistonning tobora koʼproq korxonalari, shu jumladan, kichik va oʼrta korxonalar (KOʼK) YTTB va Oʼzbekistonning yetakchi banklaridan biri – “Ipoteka bank” АTIB oʼrtasida imzolangan savdoni moliyalash toʼgʼrisidagi bitim doirasida koʼzda tutilgan eksport va import imkoniyatlaridan foyda oladi.

Koronavirus pandemiyasi va uning iqtisodiy oqibatlariga javoban YTTB butun faoliyatini oʼz hududlarini qoʼllab-quvvatlashga qaratmoqda. Bu ishlarning muhim qismini YTTB ning savdoni moliyalashga oid yordamini koʼpaytirish tashkil etadi, bu yoʼnalishda faqat Oʼzbekistonga hozirgi paytgacha 220 million АQSh dollari hajmida yordam koʼrsatilgan.

Savdoni moliyalashning koʼpaytirilishi savdo va yetkazib berish zanjirlarida ogʼir bozor sharoitlari tufayli vujudga kelgan uzilishlar oqibatini yumshatishga yordam beradi. Bu ayniqsa, savdoni moliyalash boʼyicha tijoriy kredit liniyalardan foydalanish imkoniyatlari cheklanib qolishi mumkin boʼlgan sharoitlarda muhim ahamiyat kasb etadi.

YTTB ning “Savdoni rivojlantirishga koʼmaklashish dasturlari” (SRKD) doirasida “Ipoteka bank” АTIB ga ajratilayotan 30 million АQSh dollari qiymatidagi qoʼshimcha savdo limiti mahalliy eksport va import bilan shugʼullanuvchilarga oʼz faoliyatini davom ettirishlariga koʼmaklashadi.

SRKD YTTB tomonidan investitsiyalar kiritilayotgan mamlakatlarda,shu jumladan Oʼzbekistonda xalqaro savdoning rivojlanishiga koʼmaklashadi. Ushbu dastur doirasida YeTTB banklar tomonidan ushbu mamlakatlarda amalga oshirilayotgan xalqaro savdo operpatsiyalari boʼyicha siyosiy va tijoriy tavakkalchilikni oʼz zimmasiga olib, xalqaro tasdiqlovchi banklarga kafolatlarni beradi. SRKD eksport va import bilan shugʼullanuvchilar, shu jumladan, kichik korxonalar uchun moliyalashdan foydalanish imkoniyatini yaratadi, mahalliy salohiyatni mustahkamlab, savdoni moliyalash koʼnikmalarini rivojlantiradi.

«Ipoteka-bank» АTIB ning Oʼzbekiston boʼyicha 39 ta filiali mavjud va u oʼzbek korxonalariga tovar zahiralarini yaxshiroq boshqarish va davomli savdo sikllarini rejalashtirish uchun zarur yordam koʼrsatish imkoniyatiga ega.