Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka Bank xodimlari OTP Group’ning ESG Summittida ishtirok etdi

Nashr etilgan: 21 may, 2025

Ipoteka Bank OTP Group 13–14 may kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida bo‘lib o‘tgan OTP Groupning yillik ESG Summitida faol ishtirok etdi. Bu yil uchinchi bor tashkil etilgan ushbu Summit OTP Group faoliyat yuritayotgan barcha davlatlardan 120 dan ortiq ishtirokchini bir joyga jamladi.

Tadbirga mezbonlik qilgan OTP banka Srbija o‘zining mehmondo‘stligi va yuqori darajadagi professionalligini namoyon etdi. Summitni OTP banka Srbija Boshqaruv kengashi raisi Mr. Predrag Mihajlović ochib berdi. Shundan so‘ng, OTP Bank’ning Yashil dasturlar Direksiyasi ijrochi direktori Mr. Gergely Pókos o‘tgan yildagi asosiy ESG yutuqlari bo‘yicha batafsil taqdimot o‘tkazdi.

Summit davomida Ipoteka Bank vakillari boshqa davlatlardagi hamkasblar bilan tajriba almashish, dolzarb ESG yo‘nalishlarini muhokama qilish va soha ekspertlari hamda hamkorlar tomonidan taqdim etilgan qimmatli bilimlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bunday tashabbuslarda ishtirok etish Ipoteka Bank’ning barqaror rivojlanish tamoyillariga va OTP Group’ning umumiy ESG maqsadlariga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.