Nashr etilgan: 11 mart, 2025

Ipoteka bank OTP Group, O‘zbekistondagi eng yirik chakana banklaridan biri va umumiy aktivlar bo‘yicha bozor ulushi qariyb 7 foizni tashkil etuvchi beshinchi yirik moliyaviy institut, 2024-yil yakunlari bo‘yicha MHXS asosidagi moliyaviy natijalarini e’lon qildi. Bank barqaror operatsion faoliyat, daromadlarning o‘sishi, shuningdek, moliyalashtirish tuzilmasi va risklarni boshqarish samaradorligi tufayli yuqori daromadlilikka erishdi.
Asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar:
∙ Jami aktivlarning yillik o‘sishi: +17%
∙ Umumiy kapitalning yillik o‘sishi: +35%
∙ Soliqdan keyingi sof foyda: 1,837 trillion so‘m (145 million AQSH dollariga ekvivalent)
∙ Xarajat/daromad nisbati (CIR): 38%
∙ Risk qiymati (COR): 1,16%
∙ Xususiy kapital rentabelligi (ROE): 30,4%
∙ Aktivlar rentabelligi (ROA): 4,0%
Ushbu natijalar Ipoteka bank OTP Group’ning xalqaro OTP Group bank guruhi tarkibiga muvaffaqiyatli qo‘shilganligini, bankning mustahkam operatsion boshqaruv tizimi hamda biznes strategiyasining samaradorligini tasdiqlaydi. Bank faoliyatining rivojlanishi yuqori malakali professional boshqaruv, xarajatlarni optimallashtirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash strategiyasiga asoslangandir.
Ipoteka bank OTP Group kelajakda innovatsion moliyaviy texnologiyalarni joriy etish, operatsion samaradorlikni oshirish va mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatini yanada takomillashtirish orqali o‘z mavqeini mustahkamlashga qaratilgan strategiyasini izchil davom ettiradi.