Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bank hodimlari uchun navbatdagi treninglar bo'lib o'tmoqda

Nashr etilgan: 16 fevral, 2022

Joriy yilning 16 fevralidan Ipoteka-bankda kadrlar xizmati faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish masalalari boʼyicha 3 kunlik oʼquv seminarlari tashkil etilmoqda. 

Unda “Yurist va kadr” nodavlat taʼlim muassasasi rahbari S.Muxtoraliev, markaz mutaxassisi R.Isamitdinova shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti oʼqituvchisi M. Karimjonovlar tomonidan bank kadrlar ishini yuritish xodimlariga soha xizmatini yoʼlga qoʼyish va rivojlantirishga doir barcha foydali ma'lumotlar beriladi.

Xususan, mehnat sohasini tartibga solishda huquqiy manbalardan foydalanish, kadrlar xizmati faoliyatidagi lokal hujjatlarning ahamiyati, xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat shartlarini oʼzgartirishda hujjatlarni toʼgʼri rasmiylashtirish va YaMMT tizimiga kiritish, shuningdek, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish kabi masalalar xodimlar tomonidan katta qiziqish bilan tinglanmoqda.

photo_2022-02-16_12-44-20.jpg 

photo_2022-02-16_12-44-21.jpg