Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka Bank OTP Group va Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi Oʻzbekiston iqtisodiyotining innovatsion taraqqiyoti va barqaror rivojlanishini oshirishga qaratilgan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

Nashr etilgan: 13 iyun, 2025

Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi — Oʻzbekistonning eng yirik sanoat korxonalaridan biri — xalqaro moliya guruhi OTP Group tarkibiga kiruvchi Ipoteka Bank bilan strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi. Ushbu kelishuv innovatsion moliyaviy yechimlarni joriy etish va barqaror rivojlanishni ilgari surishga xizmat qiladi. Hamkorlik tashkilotning moliyaviy infratuzilmasini mustahkamlash hamda mamlakat iqtisodiyotining faol oʻsishini ragʻbatlantirishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida Ipoteka Bank OTP Group savdoni moliyalashtirish, valyuta operatsiyalari, ish haqi hisoblash va pul oqimlarini samarali boshqarish kabi zamonaviy moliyaviy xizmatlarni keng qamrovda taqdim etadi. OTP Group’ning ilgʻor texnologiyalari va xalqaro tajribasidan foydalangan holda, bank strategik gʻoyalar va risklarni boshqarish boʻyicha innovasion yechimlarni taklif etadi. Bu esa Sho’rtan gaz-kimyo majmuasiga moliyaviy barqarorlik va operatsion samaradorlikni sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

Ipoteka Bank OTP Group’da bank xizmatlarini markazlashtirish bankni ishonchli va innovatsion moliyaviy hamkor sifatida mustahkamlaydi, sanoatni modernizatsiya qilish va Oʻzbekiston iqtisodiyotining dinamik rivojlanishiga qaratilgan ilgʻor loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Ipoteka Bank OTP Group Boshqaruvi Raisi Sandro Rtveladze:
«Biz Oʻzbekiston sanoatidagi yetakchi korxonalardan biri boʻlgan Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi bilan strategik hamkorlik oʻrnatilganidan mamnunmiz. Bu hamkorlik mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga innovasion moliyaviy yechimlar va samarali boshqaruv vositalarini joriy etish imkonini beradi.

Ipoteka Bank, OTP Group tajribasi va innovatsion yechimlardan foydalangan holda, Sho’rtan gaz-kimyo majmuasining yirik loyihalarini amalga oshirishda ishonchli sherik sifatida faoliyat yuritishga intiladi. Birgalikdagi harakatlar korxona faoliyatining samaradorligini oshirish, moliyaviy mustahkamlikni ta'minlash va uzoq muddatli iqtisodiy oʻsishga hissa qoʻshishga xizmat qilishiga ishonamiz. Ushbu hamkorlik Oʻzbekiston moliyaviy infratuzilmasini rivojlantirishda muhim qadam boʻlib, milliy ustuvorliklarni qoʻllab-quvvatlash, innovatsiyalar hamda taraqqiyot uchun qulay sharoitlar yaratishga tayyorligimizni namoyon etadi.»

Mazkur hamkorlik ishonch va mas'uliyat tamoyillariga asoslangan bo‘lib, uzoq muddatli rivojlanish hamda Oʻzbekistonning iqtisodiy va texnologik taraqqiyotini jadallashtirishga xizmat qiladi.