Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

2020 yil 1 martdan boshlab 25 soʼmlik va undan kichik nominal qiymatidagi tangalar va banknotlar muomaladan chiqarilganligini eslatib oʼtamiz

Nashr etilgan: 10 mart, 2020

2019 yil 19 sentyabrdagi 3183-sonli “Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25 soʼmlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalari va banknotalarini muomaladan qaytarib olish tartibi toʼgʼrisidagi” Nizomda Markaziy bankning 25 soʼmlik va undan kichik nominal qiymatidagi tangalar va banknotlar 2020 yil 1 martdan boshlab muomaladan chiqarilishi koʼrsatib oʼtilgan. 

Shu munosabat bilan “Ipoteka-bank” АTIB filiallariga naqd pul mablagʼlarini bilan bogʼliq operatsilarni amalga oshirishda 25 soʼmlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalari va banknotalar muomaladan chiqarilganligini hisobga olishingizni soʼraymiz.