Nashr etilgan: 23 may, 2025
Ipoteka bank OTP Group innovatsion Genesys kol-centr platformasini ishga tushiryapti va mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasini yangi bosqichga olib chiqmoqda
Raqobat muhitidagi o‘zgarishlarga javoban Ipoteka bank OTP Group Genesys kol-centr platformasini ishga tushirish bo‘yicha muvaffaqiyatli loyiha amalga oshirdi — bu mijozlarga xizmat ko‘rsatishda «barchasi bir joyda» yechimlaridan biridir. Yangi vosita mijozlar bilan o‘zaro aloqani shaxsiylashtirilgan tarzda amalga oshirishni ta’minlash va bankning raqamli transformatsiyalar fonida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Loyihaning birinchi bosqichida kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqarishni optimallashtirish, mijozlarga yordamni yaxshilash va foydalanuvchilarni qoniqtirish darajasini oshirishga qaratilgan asosiy funksiyalar joriy etildi. Sistema kiruvchi so‘rovlarni va chiqish kampaniyalarini samarali boshqarish imkonini beradi, shuningdek, sifatli xizmat ko‘rsatishni doimiy ravishda yaxshilashga yordam beradigan batafsil tahliliy ma’lumotlarni taqdim etadi.
Shuningdek, loyiha keyingi bosqichlarida ijtimoiy tarmoqlar va chatlar bilan integratsiya, tashqi manbalardan lead-generatsiyani yaxshilash, shuningdek bankning ichki tizimlari bilan chuqurroq integratsiya qilish rejalashtirilgan.
Eng muhim qadamlaridan biri sun’iy intellekt asosidagi ovozli yordamchilarni joriy etish va chatbotlar bilan integratsiyani amalga oshirish bo‘ladi. Ushbu yangiliklar 2025 yilda kol-centrning samaradorligini oshirishga va mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni yaxshilashga yordam beradi. Ipoteka bank OTP Groupning CSD jamoasi ushbu texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda, bu esa barcha aloqa nuqtalarida yanada yuqori darajada ishtirok etish va shaxsiylashtirilgan xizmat ko‘rsatishni ta’minlash imkonini beradi.
Genesys nafaqat mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi, balki Ipoteka bank OTP Groupga o‘z xizmatlarini yanada takomillashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Genesys platformasi Ipoteka bank OTP Group uchun yangi ufqlarni ochadi va mijozlar qoniqishini oshirish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan raqamlashtirish strategiyasining muhim qadamidir.
Ma’lumot uchun:
Ipoteka bank OTP Group — O‘zbekistonning yetakchi banklaridan biri bo‘lib, keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi, jumladan ipoteka kreditlash va jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun turli bank mahsulotlarini taklif etadi. Bank raqamli xizmatlarni faol rivojlantirib, mijozlarga eng yaxshi tajriba va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni maqsad qilgan.