Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

"Ipoteka-bank" ATIB tomonidan jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobidan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Nashr etilgan: 2 fevral, 2022

Xususan, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Xalqaro taraqqiyot va tiklanish bankining meva-sabzavot kredit liniyasi hisobidan loyiha umumiy qiymati 2 857,5 ming АQSh dollari miqdoridagi 200,0 gektar maydonga bogʼdorchilik tashkil qilish uchun koʼchatlar sotib olish, ekish va texnika xizmati, tomchilash sugʼorish tizimi tashkil qilish uchun 2 000,0 ming АQSh dollari miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Jamiyat yiliga 372,4 tn. bodom va boshqa meva-sabzavotlar yetishtirib, ichki va tashqi bozorni qishloq xoʼjaligi mahsulotlariga boʼlgan talabni qondirish va 50 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan. 

Shuningdek, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Xalqaro taraqqiyot va tiklanish bankining “Oʼzbekiston Respublikasi qishloq xoʼjaligini modernizatsiya qilish” loyiha doirasida loyiha umumiy qiymati 1 320,0 ming АQSh dollari miqdoridagi 3,1 gektar maydonga meva-sabzavotlarni saqlash va chuqur qayta ishlash maqsadida sigʼimi 6,0 ming tonnalik muzlatgich tashkil qilish uchun uskunalar sotib olish uchun 920,0 ming АQSh dollari miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Jamiyat yiliga 3,0 ming tonna meva-sabzavotlarni saqlashni rejalashtirgan boʼlib, ichki va tashqi bozorni qishloq xoʼjaligi mahsulotlariga boʼlgan talabni qondirish va 5 ta yangi ishchi oʼrni yaratish yaratishni rejalashtirgan.