Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ayrim chakana kredit turlariga oʼzgartirishlar kiritilmoqda

Nashr etilgan: 3 may, 2022

"Ipoteka-bank" АTIB joriy yilning 13 may sanasidan boshlab chakana kreditlash boʼyicha ayrim kredit turlariga oʼzgartirishlar kiritilishini hamda yangi chakana kreditlari joriy etilishini maʼlum qiladi.

Unga koʼra, avtokredit ajratish shartlari (boshlangʼich badal, foiz stavkalari) oʼzgartirilmoqda.

Shuningdek, "Fidokorlar avtokrediti" va "Yashil isteʼmol krediti" mahsulotlari yoʼlga qoʼyilmoqda.