Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipotekabank OTP group Bosh ofisida navbatdagi "Welcome-training" tashkillashtirildi

Nashr etilgan: 4 avgust, 2023

 Ipotekabank OTP group Bosh ofisida “Yosh mutaxassislar” loyihasi doirasida stajirovka asosida ishga qabul qilingan yoshar bilan “Welcome-training” tashkillashtirildi.



O’quv seminarida Bosh ofisga stajirovka asosida qabul qilingan 22 ta yoshlar bilan bir qatorda,  Andijon viloyatining Toshkent shahar filiallariga tajriba almashinish uchun xizmat safariga jalb etilgan stajorlari ham ishtirok etishdi. Yosh mutaxassislar bank tarixi, chakana kreditlar va mehnat muhofazasi haqida qiziqarli ma’lumotlar oldilar hamda o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topdilar. Seminar yakunida yoshlar bank Boshqaruvi Raisining sovga’lari bilan taqdirlandilar.  



Ma’lumot uchun, bugungi kunda Bosh ofisda Yoshlar loyihasi asosida jalb qilingan umumiy bitiruvchilar soni 50 tani tashkil etadi.