Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat

Nashr etilgan: 4 avgust, 2023

Ijtimoiy tarmoqlarda Ipoteka-bankning Shahrisabz filialida elektr ta'minoti yoqligi sababli mijozlarga xizmat ko'rsatilmayotganligi yuzasidan tanqidiy videolavha joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Bankning Shaxrisabz fililalida mijozlar va bank xizmatlari iste'molchilariga qulaylik yaratish maqsadida bankning birinchi qavatida 16 nafar xodim tomonidan o'rtacha bir kunda 300-400 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatiladi.

Joriy yilning 31 iyul kuni kunning birinchi yarmida elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilgan. Buning oqibatida mavjud kompyuter texnikalari ma’lum muddat ishlamasdan qolgan. Qo'shimcha energiya manbalaridan foydalanish choralari ko'rilgach, xizmat ko'rsatish davom ettirilgan.

Ipoteka-bank Bosh ofisi tomonidan barcha filiallar va bank xizmatlari markazlari rahbarlariga mijozlar va isteʼmolchilarga oʼz vaqtida sifatli xizmat koʼrsatish borasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi yuzasidan ko'rsatmalar berildi.