Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Kunchiqar Yaponiyada "Tokio-2020" Olimpiada oʼyinlari oʼz yakuniga yetdi.

Nashr etilgan: 9 avgust, 2021

Yurtimiz sportchilari ushbu olimpiada bahslarida mardonavor qatnashib, yurtimiz bayrogʼi yuqori hilpirashiga va madhiyamiz yangrashiga oʼzlarining munosib hissalarini qoʼshishdi.

Olimpiada yakuniy natijalariga koʼra, mamlakatimiz sportchilari 93 mamlakat orasidan 32-oʼrinni egallashdi.

Jamoamiz 3 ta oltin  hamda  2 ta bronza medallariga sazovor boʼlishdi. Xususan,

Taekvondochi Ulugʼbek Rashidov – oltin;
Ogʼir atletikachi Аkbar Joʼraev – oltin;
Bokschi Bahodir Jalolov – oltin;
Erkin kurashchi Bekzod Аbdurahmonov – bronza;
Dzyudochi Davlat Bobonov – bronza medallariga ega chiqishdi.

"Ipoteka-bank" sportchilarimizning barchalariga oʼz minnatdorchiligini bildiradi va kelgusida bundanda yuqori natijalarga erishishlarini tilab qoladi.