Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat

Nashr etilgan: 9 dekabr, 2022

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentiga Аndijon viloyati Ulugʼnor tumanida Intensiv usulda baliq yetishtiruvchi tadbirkorlarning video murojaati javoban quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ushbu murojaat yuzasidan bir qator tadbikorlar ishtirokida Ipoteka-bank Bosh ofisida uchrashuv oʼtkazildi va tegishli tartibda suhbat bayoni rasmiylashtirildi.
Suhbat davomida Bank rahbariyati va masʼul xodimlari tomonidan murojaatda koʼtarilgan masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari S.Umurzakov boshchiligida 06.05.2022 yilda oʼtkazilgan 43-sonli yigʼilish bayoniga asosan 31 ta baliqchilik xoʼjaliklari boʼyicha bank xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda monitoring qilingan. Oʼtkazilgan monitoring natijasidan kelib chiqib, 22 tasiga ajratilgan kreditlarning soʼnggi qaytarish muddatini uzaytirish va oraliq toʼloviga oʼzgartirish kiritishga bank tomonidan ruxsat berilgan. Qolgan 9 ta mijoz boʼyicha sunʼiy suv havzalari tashkil qilinmaganligi, suv havzalarida baliq yetishtirilmayotganligi, uskunalar yetib kelmaganligi va oʼrnatilmaganligi sababli tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan. 

Shu bilan birga, yigʼilish bayoniga asosan faqat 5 ta baliqchilik xoʼjaliklari tomonidan ozuqa yem mahsulotlari sotib olish kredit hujjatlari bank filialiga topshirilgan boʼlib, 3 ta mijozga kredit ajratish boʼyicha ijobiy qaror qabul qilingan, qolgan 2 ta mijoz boʼyicha muddati oʼtgan kredit qarzdorliklari soʼndirilgandan keyin, moliyalashtirish masalasi koʼrib chiqiladi.

Bundan tashqari, bank tomonidan loyiha yetarlicha qoʼllab-quvvatlanayotgani, bu borada viloyat hokimligiga Ulugʼnor tumanidagi intensiv usulda baliq yetishtirish loyihasi bilan bogʼliq muammolarni (jumladan, elektr-energiya va suv taʼminoti) hal qilinishida amaliy yordam soʼrab murojaatlar qilinganligi, mazkur kreditlarni soʼndirilmayotganligi sababli bank foydasi hisobidan katta miqdorda zahira tashkil qilinganligi va oʼz navbatida xorijiy investorlarning ham asosli eʼtirozlariga sabab boʼlayotganligi hamda boshqa istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishga toʼsqinlik qilayotgani, pandemiya davrida shifoxonaga olinib 2 yil davomida foydalanilgan kislorod oksigeneratorlari boʼyicha oʼsha davrga hisoblangan foiz toʼlovlarini mahalliy byudjetdan qoplab berilishi yuzasidan viloyat hokimligiga murojaat qilishi lozimligi, “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonunga muvofiq baliqchilik xoʼjaliklari va “Ipoteka Leasing” MChJ oʼrtasidagi munosabatlar oʼzaro tuzilgan shartnomaga asosan tartibga solinishini hisobga olib, “Ipoteka Leasing” MChJga murojaat qilishlari lozimligi, agar norozi boʼlsa Sudga yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shikoyat qilish huquqi tushuntirildi.

Suhbat yakunida Bank rahbariyati va masʼul xodimlari tomonidan kredit muddatlarini uzaytirish masalasi ajratilgan kredit mablagʼlarining maqsadli ishlatilishi, biznes-reja koʼrsatkichlarini bajarilishi va loyiha boʼyicha yangi asoslangan biznes-rejadan kelib chiqib koʼrib chiqilishi, kredit ajratish masalasi bankning amaldagi Kredit siyosati, Kreditlash Nizomi talablari asosida hal qilinishi taʼkidlandi.

Bank tomonidan tadbirkorlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar amalga oshirilgan yoki ularning huquqlari buzilgan deb hisoblagan taqdirda, ularga Oʼzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida”gi Qonunning 33-moddasiga muvofiq, oʼrnatilgan tartibda sudga shikoyat qilish huquqi mavjudligi bildirildi.