Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 10 yanvar, 2024

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mirobod tuman “Tashissiqquvvati” DUK qoshida joylashgan “Ipoteka-bank” ATIB Mirobod filialiga qarashli 29-sonli jamg‘arma kassasida terminal ishlamayotganligi yuzasidan murojaat qoldirilgan.

Ushbu holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilganida “Ipoteka-bank” ATIB Mirobod filialiga qarashli 29-sonli jamg‘arma kassasining Uzcard kartalarini qabul qiluvchi terminali yaroqsiz holga kelganligi sababli texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga yetkazilganligi va ta’mirlanganidan so’ng  jamg‘arma kassaga qaytarilganligi aniqlandi. Ammo shu vaqt oralig’ida Humo kartalarni qabul qiluvchi terminal orqali uzluksiz ravishda aholiga hizmat ko’rsatib turilgan.

Vujudga kelgan holat yuzasidan mas’ul xodimlarga orasida tegishli mazmunda tushuntirish ishlari olib borildi, bu kabi holatlar vujudga kelgan taqdirda mijozlarga “Ipoteka-Retail” mobil ilovasi orqali to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatlarini tushintirib berish zarurligi tushuntirildi.