Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Inson qadri ulugʼ — xotira muqaddas

Nashr etilgan: 10 may, 2023

Joriy yil 8 may kuni “Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofisi va barcha filial xodimlari ishtirokida “Buyuk allomalarga ehtirom. Vatan fidoiy farzandlarini unutmaydi” mavzularida ZOOM platformasi orqali davra suhbati oʼtkazildi. 



Tadbir davomida soʼzga chiqqan, Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi Olmazor tumani boʼlimi targʼibotchisi Аbdugʼaffor Qayumov ishtirokchilarga el-yurt tinchligi va ozodligi yoʼlida kurashgan mard va jasur insonlar xotirasini yod etish, Vatan uchun jonini fido etgan jasoratli ajdodlarimizning nomini sharaflash, ularga yuksak hurmat koʼrsatish xalqimizga xos azaliy qadriyat ekanligiga toʼxtalib oʼtdi. 



Bu borada Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Аbduqahhor Toʼlaganov shunday dedi: “Bugungi kunda amalga oshirilayotgan Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasida avvalo, “Inson qadrini ulugʼlash” gʼoyasi yotadi. Ushbu tamoyil ham xotira va qadrlash tushunchasi bilan hamoxang boʼlib, xalqimizning azaliy orzu-intilishlariga toʼla javob beradi”. 



Davra suhbati soʼnggida, ishtirokchilarga xalqimizni tinchlik va ozodlik yoʼlida qilgan zahmatli harakatlariga bagʼishlangan videorolik namoyish etildi.



Shuningdek, Bosh ofis xodimlari tomonidan "Motamsaro ona haykali" poyiga gulchambar qo'yildi.