Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

"Ipoteka-bank" АTIB va YeTTB maslahatchilari bilan birgalikda “CAWiB” dasturi doirasida ayol tadbirkorlar uchun seminar oʼtkazildi

Nashr etilgan: 11 mart, 2022

Joriy yilning 4 mart sanasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Markaziy Osiyoda biznesdagi ayollar” dasturi doirasida Samarqand viloyatida seminar tashkil etildi. 
Unda Samarqand viloyati hokimining xotin - qizlar masalalari boʼyicha maslahatchisi Djumaeva Sayyora Orzievna soʼzga chiqib, Respublikamizda ayol tadbirkorlarning oʼrni va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtdi. Seminarda Samarqand viloyati Markaziy banki bosh boshqarmasi vakili, Samarqand viloyat hamda Koʼksaroy filiallarining tadbirkor mijozlari, Bosh ofis xodimlari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari, shuningdek, «German Sparkassenstiftung for International Cooperation» hamda IPC - Internationale Projekt Consult GmbH konsalting tashkilotlari vakillari qatnashishdi.

Seminar davomida kelajakda ayol tadbirkorlarning bilimlarining oshirish, har jabhada motivatsiya uygʼotishga xizmat qilishni rejalashtirilayotgan yangi “Betakror” biznes klubining namoyishi boʼlib oʼtdi. Ushbu klubning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, unga aʼzo boʼlgan tadbirkor va boʼlajak biznes egalariga doimiy tarzda biznes gʼoyalarni qoʼllab-quvvatlash va toʼgʼri yoʼnalishda shakllanish boʼyicha doimiy maslahatlarga berib boriladi.

Shuningdek, “InMarketing” Bosh direktori va trener-maslahatchisi Farhod Kamilov tomonidan oʼtkazilgan “Internet marketing” mavzusidagi interaktiv master klass ishtirokchilarda oʼzgacha qiziqish uygʼotib, faollikni oshirdi. 
Maʼlumot oʼrnida, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Markaziy Osiyoda biznesdagi ayollar” dasturiga 10 mln.dollarlik investitsiya kiritilgan boʼlib, 
kredit liniyasi doirasida 104 ta ayol tadbirkorlar faoliyati yoʼlga qoʼyilib moliyalashtirildi. Natijada rejada koʼrsatilgan ish oʼrniga qoʼshimcha tarzda 122 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi.

Аytish kerakki, bugungi kunda bankimiz ayol tadbirkorlarga faqatgina kredit ajratilishi bilan cheklanib qolmasdan, balki ularning tadbirkor sifatida shakllanishida kompleks xizmat koʼrsatilishini yoʼlga qoʼygan. Shuningdek, ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Seminar yakunida, faol ayol tadbirkorlar Samarqand viloyat filiali tomonidan esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.