Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” ATIB va Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Nashr etilgan: 12 yanvar, 2022

Raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek byudjet tashkilotlari xodimlariga bir qator qulayliklar yaratish maqsadida “Ipoteka-bank” ATIB va Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazi o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi.

Memorandumdan ko’zlangan maqsad, “UzASBO” dasturiy majmuasi va “Ipoteka Mobile” ilovasi rivojlantirish hamda budjet tashkilotlariga zamonaviy texnologik xizmatlarni ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratishdir.

Kelishuv doirasida “Ipoteka Mobile” ilovasi orqali “Oylik monitoring” xizmatini (oylik ish haqi bo‘yicha elektron shaklda to‘liq ma’lumotlar olish xizmati) joriy etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, kelgusida mazkur xizmatlar ro‘yxatini yanada kengaytirib borish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, aholidan budjet tashkilotlariga to‘lovlarni amalga oshirish belgilangan. Xususan, tibbiyot muassasalarida ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun, oliy va professional ta’lim muassasalari kontrakt to‘lovlari uchun va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badal to‘lovlari uchun hamda boshqa xizmatlar uchun “Ipoteka Mobile” to‘lov xizmatlarini taklif etish nazarda tutilgan.