Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 15 fevral, 2023

Telegram tarmogʼidagi “Bastion” kanalida Ipoteka-bankning Surxondaryo viloyati filiali rahbari B.Boykulov “ABDURASUL-ANVAR-NUR” MChJ rahbaridan kredit ajratib berishi uchun bir necha marta pora berishni talab qilgani bilan bogʼliq murojaati yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Oʼzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonunning 31- bandiga koʼra, “Banklar va ularning mijozlari oʼrtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshirilishi” koʼzda tutilgan.

Shunga asosan bank oʼz mijozlari bilan shartnomaviy munosabatlarni etika qoidalariga rioya qilgan holda mijozlar bilan aloqani toʼgʼri yoʼlga qoʼyish maqsadida “Ipoteka-bank” АTIB tizimida “Korporativ standartlar”ni joriy etish toʼgʼrisida bank Boshqaruv yigʼilishining 2019 yil 13 avgustdagi 173-sonli bayoni tasdiqlangan.

“Telefon orqali muloqot qilish standarti”-bunda bank xodimlari telefon orqali muloqot qilishda odob-ahloq qoidalariga rioya qilgan holda muloqotni xushmuomalalik ishchan uslubda amalga oshirish lozimligi;

“Korporativ madaniyat va etika standarti”-mazkur standartning №3 qoidasida bank xodimlari mijozlar bilan oʼzaro munosabatlarga kirishganda mijoz ismi bilan murojaat etishlari lozimligi, mijoz bilan muloqot davomida suhbatdoshingiz ismidan kamida ikki marotaba foydalanishligi, murojaat davomida faqat ularning ismi va otasining ismi bilan murojaat qilish lozimligi keltirilgan.

Oʼrganish natijalaridan kelib chiqib, filial boshqaruvchisiga nisbatan taqdim qilingan pora talab qilinganligi, isbotlovchi dalillar yetarli emasligi sababli, oʼz tasdigʼini topmadi deb hisoblaymiz.

Surxondaryo viloyati filiali boshqaruvchisi B.Boyqulov tashkilot rahbari bilan telefon orqali sms-xabarnomalari oʼrganib chiqilganida, muloqot davomida etika qoidalariga rioya qilmagan holda mijozni ismi bilan chaqirmaganligi holatlari maʼlum boʼldi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, kelugsida bank xodimlari mijozlar bilan oʼzaro munosabatlarga kirishganida etika qoidalari buzilish holatlar takrorlanishini oldini olish maqsadida, Surxondaryo viloyati filiali boshqaruvchisi B.Boyqulovga nisbatan Mehant kodeksining tegishli moddalariga muvofiq intizomiy jazo chorasi koʼrildi.