Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Iqtisodiyot sohasida kadrlar tayyorlash darajasi oshirildi.

Nashr etilgan: 16 iyun, 2022

Bugun "Ipoteka-bank" АTIB va Toshkentdagi YoDJU texnika instituti oʼrtasida iqtisodiyot sohasida kadrlar tayyorlash boʼyicha oʼzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi. 


Oʼzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi majlisining 2021 yil 26 iyuldagi 2-sonli bayoni 20-bandi hamda hamkorlik Memorandumiga asosan, endilikda "Ipoteka-bank" АTIB tizimida kamida 5 yil ish tajribasi va oʼrta maxsus mutaxassisligiga ega boʼlgan malakali xodimlar oliy maʼlumot olishlari uchun kechki va sirtqi taʼlim shakli asosida bakalavr yoʼnalishida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʼladilar. 

YTIT_1.jpg

Qayd etilishicha, imzolangan ushbu bitim moliya tizimida faoliyat koʼrsatayotgan kadrlar salohiyati va taʼlim tizimidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi. Hamda bank xodimlarining xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olgan yangicha bilim va koʼnikmalari orqali faoliyatlarini davom ettirishlariga turtki boʼladi.

Muzokaralar yakunida ikki taraf uchun ham ushbu qadam strategik muhim ekanligi taʼkidlandi.

YTIT_3.jpg