Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 16 iyun, 2023

Joriy yilning 12 iyun kuni Facebook ijtimoiy tarmoqlaridan birida murojaatchi tomonidan Ipoteka-bankning Xorazm viloyati filiali va bankning kontakt sentr faoliyatidan norozilik bildirilgan. Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugungi kunda «Ipoteka-bank» АTIB kontakt  sentrida faoliyat koʼrsatayotgan 30 nafar operatorlar tomonidan respublika miqyosida kelib tushgan qoʼngʼiroqlarga javob berib kelinmoqda. Birgina iyun oyi davomida 84 978 ta murojaatlar kelib tushgan. Bu esa kontakt sentrda faoliyat koʼrsatayotgan 30 nafar operatorlarning har biri kuniga oʼrtacha 95 ta murojaatga javob berayotganidan dalolat beradi.

Mazkur murojaatda ko’rsatilgan kamchiliklarni keltirib chiqargan holatlar oʼz vaqtida bartaraf etilib, zaruriy choralar koʼrildi. Shuningdek, “Ipoteka-bank” АTIB Xorazm viloyati filiali va Kontakt sentr masʼullariga tegishli koʼrsatma va tushuntirishlar berildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda Ipoteka-bank tomonidan doimiy ravishda filiallar va bank xizmatlari markazlarida mijozlar va isteʼmolchilarga oʼz vaqtida va sifatli xizmat koʼrsatilishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.