Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik

Nashr etilgan: 16 avgust, 2021

Joriy yilning 13 avgust kuni “Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofisi va filiallar xodimlari ishtirokida “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusida ijodiy uchrashuv boʼlib oʼtdi.



Ushbu tadbirda, falsafa fanlari doktori, Oʼzbekiston Respublikasi Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi, shoira, “Shuhrat” medali sohibi Tuychieva Sayyora Shukurovna hamda "10-14 yoshgacha boʼlgan yosh kitobxonlar oʼrtasida oʼtkazilgan Yosh kitobxon  tanlovi"da Respublika bosqichi gʼolibi Fargʼona viloyati, Oʼzbekiston tumanidagi 50-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabining 8-sinf oʼquvchisi Ismoilov Muxammadfozil Dilshodbek oʼgʼli ham qatnashishdi.


Tadbirda soʼzga chiqqanlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarini chuqur his qilgan holda oldimizda turgan ustuvor vazifa — Oʼzbekistonning yangi taraqqiyot davri uchun poydevor yaratishga qaratilgan sayi-harakatlarimizni yanada kuchaytirish zarurligini qayd etishdi.