Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 16 noyabr, 2023

Ijtimoiy tarmoqlarda Ipoteka-bankning Istiqlol filiali haqida xabar joylashtirildi. Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Xabarda ko‘rsatilgan Istiqlol filiali Undiruv boshlig’i lavozimi faoliyat yuritib kelayotgan bank xodimi to’g’risida surishitirilganida filial rahbariyati va boshqa hamkasblari tomonidan ijobiy fikrlar bildirildi hamda hozirga qadar xodimning xatti-harakatlari yuzasidan mijozlar tomonidan e’tirozlar bo’lmaganligi ta’kidlab o’tildi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki uni ishga qabul qilish har bir tashkilotning ichki yo‘riqnomalari va asosiy hujjat hisoblangan Mehnat qonunchiligiga asosan tashkil qilinib, bunda belgilangan talablardan chetga chiqilmaydi. Mazkur xodim bilan ham mehnat shartnomasini bekor qilish va u bilan mehnat shartnomasini tuzish jarayonida yuqoridagi qonun va qonunosti hujjatlari talablariga rioya etilgan bo’lib, filialning Komplayns nazorat xodimi tomonidan o’tkazilgan surishtiruvlarda ham ushbu xodim faoliyatida hech qanday noqonuniy hatti-harakatlar kuzatilmagan.

Shuningdek, Markaziy bank Andijon viloyati Bosh boshqarmasi tomonidan e'lon qilingan maqola yuzasidan kelib chiqib, xodimlar orasida tegishli mazmunda tushuntirish ishlari olib borildi, xodimlarga o‘zini ish joyida va ko‘cha-kuyda tutishi tushuntirilishi, amaldagi me'yoriy hujjatlarga barcha xodimlar qat'iy amal qilishi lozimligi yuzasidan ko‘rsatma berildi.