Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rahbar kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan trening tashkil etildi.

Nashr etilgan: 18 mart, 2022

“Ipoteka-bank” АTIB rahbar xodimlarining jamoada oʼz mavqeini oshirib borishida boshqaruv tizimini toʼgʼri yoʼlga qoʼyish, rahbarlik mashaqqati, malakasi va yutuqlarini oshirish, shuningdek, faol rahbarlikning ob'yektiv va sub'yektiv omillarini oʼrganishga qaratilgan oʼquv-amaliy seminar tashkil etildi. 



Unda Аvstriya “Biznesdagi ayollar” Boshqaruv Kengashi aʼzosi Monika Pikker xorijiy amaliyot va tadqiqotlar misolida bank rahbar xodimlariga interaktiv shaklda kasbiy bilimi, koʼnikmalari va mahoratini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etishda ahamiyat berish muhim boʼlgan jihatlar hamda aniq maqsadlarga qaratilgan fikrlarni saralash yoʼllari borasidagi mavzular muhokama qilindi.



 - Barqaror rivojlanayotgan banklarning asosiy yutugʼi ular jamoani boshqaribgina qolmay, balki oʼzining yangi va zamonaviy metodlarini ham qoʼllay olishadi. Treningda aynan shu jihatlarga eʼtibor qaratildi. Va shaxsan menda, jamoani yuzaga keladigan har qanday stressli holatlardan oson olib chiqish yoʼllari borasidagi fikrlari qiziqish uygʼotdi, dedi Shoira Yuldasheva.



Trening soʼnggida faol rahbar xodimlarga murabbiy tomonidan sertifikatlar topshirildi.