Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Farg'onada tadbirkor ayollar uchun navbatdagi seminar trening tashkil etildi

Nashr etilgan: 18 aprel, 2023

Joriy yilning 14 aprel sanasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Markaziy Osiyoda biznesdagi ayollar” dasturi doirasida Farg`ona viloyatida seminar tashkil etildi. 
Seminarda Farg`ona viloyati hamda Qo`qon filiallarining tadbirkor mijozlari, Bosh ofis xodimlari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari ishtirok etdilar.

Seminar davomida ayol tadbirkorlarning bilimlarini oshirish, har jabhada motivatsiya uygʼotishga xizmat qilib kelayotgan “Betakror” biznes klubi hamda unda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkor ayollar yutuqlari yuzasidan so`z bordi. Ushbu klubning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, unga aʼzo boʼlgan tadbirkor va boʼlajak biznes egalariga doimiy tarzda biznes gʼoyalarni qoʼllab-quvvatlash va toʼgʼri yoʼnalishda shakllanishlari boʼyicha doimiy maslahatlar berib boriladi. Ipoteka bankning jozibali va betakror ayol tadbirkorlari uchun taqdim etilayotgan maxsus korporativ kartalari namoyishi boʼlib oʼtdi va bu mijozlarga ko`tarinki kayfiyat bag`ishladi.


Shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “Kichik biznes uchun maslahatlar” dasturi tahlilchisi Sardor Alimdjanov tomonidan oʼtkazilgan “Kichik biznes uchun maslahatlar” hamda trener - konsultant Baxodir Fazilxodjayev tomonidan o`tkazilgan “Biznes strategiya” mavzularidagi interaktiv master klass ishtirokchilarda oʼzgacha qiziqish uygʼotib, faollikni oshirdi. 

Аytish kerakki, bugungi kunda bankimiz ayol tadbirkorlarga faqatgina kredit ajratilishi bilan cheklanib qolmasdan, balki ularning tadbirkor sifatida shakllanishida kompleks xizmat koʼrsatilishini yoʼlga qoʼygan. Shuningdek, ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


Seminar yakunida, barcha ayol tadbirkorlar Farg`ona viloyat filiali tomonidan esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.