Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat

Nashr etilgan: 21 avgust, 2023

Ijtimoiy tarmoqlarda Ipoteka-bankning Andijon viloyati filiali haqida xabar joylashtirildi. Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Xabarda ko‘rsatilgan bank xodimi Andijon viloyati filialida ishlab kelgan davrda o‘z xohishiga asosan arizasi bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Mazkur fuqaro bank sohasida yetarli malakaga ega bo‘lganligi sababli, biroz vaqtdan so‘ng, bankning Istiqlol filialiga ishga qabul qilingan.

Shuni alohida qayd etish kerakki, xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki uni ishga qabul qilish har bir tashkilotning ichki yo‘riqnomalari va asosiy hujjat hisoblangan Mehnat qonunchiligiga asosan tashkil qilinib, bunda belgilangan talablardan chetga chiqilmaydi. Mazkur xodim bilan ham mehnat shartnomasini bekor qilish va u bilan mehnat shartnomasini tuzish jarayonida yuqoridagi qonun va qonunosti hujjatlari talablariga rioya etilgan.

Bank filiali xodimlari orasida ishlarni tashkil qilish, ish soati va vaqtini belgilash ichki tartib qoidalari doirasida belgilanadi va Mehnat qonunchiligiga zid bo'lmagan tarzda amalga oshiriladi.

Shuningdek, Ipotekabankning Istiqlol filiali rahbariyatiga e'lon qilingan maqola yuzasidan kelib chiqib, xodimlar orasida tegishli mazmunda tushuntirish ishlari olib borilishi, xodimlarga o‘zini ish joyida va ko‘cha-kuyda tutishi tushuntirilishi, amaldagi me'yoriy hujjatlarga barcha xodimlar qat'iy amal qilishi lozimligi yuzasidan ko‘rsatma berildi.