Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Rasmiy munosabat!

Nashr etilgan: 21 dekabr, 2023

Ijtimoiy tarmoqlarning birida “Ipoteka kreditini fuqarolarga taqdim etish bo’yicha qabul qilingan qaror noto‘g‘ri talqin qilinmoqdami?” degan mazmunda murojaat qoldirilgan.

Mavjud tartibga asosan ipoteka krediti bo’yicha fuqaro tomonidan taqdim etilgan xujjatlar bank menejeri tomonidan maxsus bazaga kiritilishi belgilangan. Ushbu tizim orqali inson omili ishtirokisiz mijozning ma’lumotlari hamda olinayotgan kredit turiga qarab oxirgi oylar davomidagi oylik ish haqqi va to’lov qobiliyati baholanadi.

Murojaatdagi fuqaro ma’lumotlari tekshirilganda oxirgi oylarda oylik ish haqi tushumida uzilishlar bo’lganligi sababli kredit mablag‘larini ajratilishi bo‘yicha rad javobi berilgan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda Ipoteka-bank mijozlar va isteʼmolchilarga oʼz vaqtida va sifatli xizmat koʼrsatilishi, ular uchun foydali takliflar ishlab chiqilishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.