Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Eng kitobsevar xodim

Nashr etilgan: 22 dekabr, 2022


Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini aniqlash hislari tarbiyalanadi. Atrof-muhitga, tabiatga ijobiy munosabatini shakllantiradi, inson xarakterining murakkabliklari ochiladi, ruhiy qiyofaning rangli qirralarini kashf qilish qobiliyati o‘stiriladi. Badiiy adabiyot o‘qish orqali kitobxonning badiiy idroki, mustaqil fikrlash qobiliyati, mutolaa madaniyati tarbiyalanadi. 

Ipoteka-bankda kitob o‘qish bu – nafaqat xodimlar salohiyatini oshirish, balki, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo’lish imkoniyatidir! 

Noyabr oyi davomida Ipoteka-bankda "ENG KITOBSEVAR XODIM" tanlovi o’tkazildi, unga ko'ra xodimlar Stiven R.Kovining "Muvaffaqqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi" asarini mutolaa qilishlari lozim edi. Belgilangan muddat tugagandan so'ng, ziyrak g’oliblar test orqali aniqlandi. 

Unga ko’ra quyidagi xodimlarimiz go'lib bo'ldilar:

1-o‘rin: Djurayev Axmad Toshpulatovich  (Buxoro filiali)


2-o‘rin: Qurbonov Sherzod O'ktamovich (Bosh ofis)


3-o‘rin: Xotamov Sherzod Ramazonovich (Buxoro filiali)


Kuni kecha esa Bosh ofisda g’oliblarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tti va g’oliblarga quyidagi sovrinlar topshiriladi:

1-o‘rin: Meebook p78 pro (elektron kitob);

2-o‘rin: Meebook p6 e-readeri(elektron kitob);

3-o‘rin: Kindle paperwhite 11th gen (elektron kitob).

Bankimizda so‘nggi yillarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida jiddiy o‘zgarish va intilishlar yuzaga kelib, xodimlar ma’naviy hayotining yangilanishi va yaxshilanishiga imkon yaratib bermoqda. Bu boradagi faoliyat davomli bo‘lib qoladi.