Zamonaviy chakana xizmatlar faoliyati

Bugungi kunda moliya bozorida yuzaga kelayotgan sogʼlom raqobat muhitini shakllantirish hamda mijozlar uchun qulayliklarni yanada kengaytirish maqsadida Ipoteka-bankning oʼzida bir qator yangi loyihalar va xizmat turlari yoʼlga qoʼyilgan. Jumladan, Ipoteka-bank filiallari tasarrufida tashkil etilgan chakana kassalar orqali aholiga barcha turdagi kommunal va boshqa toʼlovlarni qabul qilish, omonatlarga pul mablagʼlarini jalb etish, xalqaro pul oʼtkazmalari xizmatlari, valyuta ayirboshlash kabi xizmatlar koʼrsatib kelinmoqda.


Shuningdek, Ipoteka-bank tomonidan mijozlarga turli omonatlar, SWIFT operatsiyalari, sifatli xalqaro pul oʼtkazmalari, valyuta ayirboshlash amaliyotlari, plastik karta xizmatlari kabi koʼplab mahsulot va xizmatlar tez hamda sifatli taqdim etilmoqda. Bu esa tijorat banklarining xizmatlari tobora kengayib, sifati yaxshilanib borayotganligidan dalolat beradi. Zero, banklar tomonidan keng koʼlamli xizmatlarning koʼrsatilishi, bankning mijoz uchun ishlashi, bugungi kunning strategik talabidir.





On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish