Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Navbatdagi tranzaksiya amalga oshdi

Nashr etilgan: 25 dekabr, 2023

O‘zbekistonning yirik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bank muassasasi – “Ipoteka-bank” ATIBning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi egaligidagi aksiyalari 75 foizini sotib olib, mamlakatimiz bank sektorini xususiylashtirishda ishtirok etayotgan OTP Bank “Ipoteka-bank” ATIB ustav kapitaliga qo‘shimcha ~70,0 mln. AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritgan holda, bank kapitalidagi o‘z ulushi miqdorini 79,6 foizga yetkazdi.

"Ipoteka-bank" ATIBning aksiyalarini qo‘shimcha 21-chiqarilishi to‘g‘risidagi qaroriga asosan emissiya qilingan 844 633 300 000 dona oddiy aksiyalar paketi, “Ipoteka-bank” ATIB va OTP bank o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan OTP bankka joylashtirildi.

OTP Bank tomonidan kiritilgan ushbu investitsiya hisobiga “Ipoteka-bank” ATIB ustav kapitali 28,3 foizga oshib, 3 834,2 mlrd. so‘mga yetdi. Bu, o‘z navbatida, bankning mamlakatimiz moliyaviy xizmatlar bozoridagi mavqei mustahkamlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.