Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

"Ipoteka-bank" ATIB Bosh ofis binosida navbatdagi "Welcome-training" tashkillashtirildi

Nashr etilgan: 26 iyul, 2023

"Ipoteka-bank" АTIB "Yosh mutaxassislar" loyihasi doirasida bugun, 26 iyul sanasida Bosh ofisda stajirovka asosida ishga jalb qilingan mutaxassislar bilan "ESG" omillarini inobatga olib, bank faoliyatida barqaror rivojlanishni taʼminlash hamda Kichik biznes mijozlari uchun taqdim etiladigan bank mahsulotlari turlari va ularning sotilishi mavzularida navbatdagi oʼquv seminari tashkillashtirildi. 


Seminarda barcha stajerlarimiz bank faoliyatida barqaror rivojlanishni taʼminlash boʼyicha "ESG" omillarini inobatga olib ish tashkil qilish, yashil loyihalar va dasturlarni ragʼbatlantirish va bankning “ESG” taʼqiq roʼyhati bilan tanishib toʼliq tushunchaga ega boʼldilar. Shuningdek, bugungi kunda Kichik biznes mijozlari uchun taqdim etiladigan bank mahsulotlari turlari va ularning sotilishi boʼyicha koʼpgina maʼlumotlarga ega boʼldilar.