Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

«Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Ipoteka-bank” АTIB reytingilarini “barqaror” istiqboldagi “BB-/B” darajada tasdiqladi

Nashr etilgan: 29 iyul, 2022

 «Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi tahlilchilarining fikriga koʼra, “Ipoteka-bank” АTIB ipoteka kreditlari boʼyicha kuchli franshizaga ega va tarixan ushbu segmentga alohida eʼtiborni qaratgan. Bankning sof foiz marjasi yaxshilangan va effektiv nazorat qilingan operatsion xarajatlar tufayli, oʼtgan yilda xarajatlarning daromadga nisbati (CIR) 34% gacha kamaygan. 2021 yilda bank kapitalining rentabelligi 20%ni tashkil etib, «Fitch Ratings» xalqaro agentligining reytingi boʼyicha Oʼzbekistondagi aksariyat banklarga nisbatan daromadli deb baholandi.

 «Ipoteka-bank» АTIB Oʼzbekiston bank tizimida yirik banklardan biri boʼlib, bugungi kunda bank aktivlari boʼyicha 8 foiz ulushga ega boʼldi. Ipoteka-bank keyingi yillarda ham oʼzining bank mahsulotlarini koʼpaytirish, xizmat koʼrsatish sifatini oshirish va barcha biznes-segmentlaridagi mijozlariga yuqori sifatli xizmat koʼrsatishni maqsad qilib olgan.