Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmuni va mohiyati mavzusida davra suhbati

Nashr etilgan: 30 mart, 2023


Bugun “Ipoteka-bank” АTIB tizimida xodimlar ishtirokida Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgarish va qoʼshimchalar muhokamasi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. 


Unda bosh ofis xodimlari bilan birgalikda, filiallar xodimlari “ZOOM” platformasi orqali qatnashdilar.


Tadbirda Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʼmitasi raisi Tuychiev Аnvar Mirzaaxmedovich hamda Senat Devoni xodimlari Q.Mamatisaev va S.Xomidxonov ishtirok etib, ular tomonidan Konstitutsiyamizga kiritilishi kutilayotgan oʼzgartirishlar boʼyicha batafsil maʼlumotlar berib oʼtildi.


Bahs va munozaralarga boy oʼtgan tadbirda Yangi Oʼzbekistonda Konstitutsiyaviy oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish masalalari atroflicha muhokama qilindi.