Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” ATIB va YeTTB yashil moliya va tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kredit kelishuvlarini imzoladi.

Nashr etilgan: 4 mart, 2024

“Ipoteka-bank” ATIB va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) uzoq yillar davomida ishonchli hamkor bo‘lib kelmoqda va O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesning ishbilarmonlik faolligini rag‘batlantirish bo‘yicha birgalikda sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.


2024-yilning 29-fevral kuni YeTTBning Toshkentdagi vakolatxonasi binosida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyoda tadbirkor ayollar (Women in Business - WiB) dasturi va O‘zbekistonda Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirishning ikkinchi dasturi (Green Economy Financing Facility II - GEFF II) doirasida “Ipoteka-bank” ATIB va YeTTB o‘rtasida umumiy summasi 20 mln. AQSh dollari miqdoridagi.kredit kelishuvlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Rasmiy imzolash marosimida YeTTBning Markaziy Osiyo boʻyicha boshqaruvchi direktori Jujanna Hargitay va Ipoteka-bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari Umid Xakimov boshchiligidagi ikki moliya instituti vakillari ishtirok etdi.

Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish (GEFF II) dasturi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samaradorligi texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash orqali Oʻzbekistonda iqlimga chidamli, past uglerodli iqtisodiyotga oʻtishni qoʻllab-quvvatlaydi.


Tadbirkor ayollar (WiB) dasturi ayollarning tadbirkorlikdagi faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlaydi va shu orqali moliyalashtirish va ish bilan taʼminlashda gender tengligini taʼminlaydi.