Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Boqiysan, iftixorimsan ona tilim

Nashr etilgan: 22 oktyabr, 2019

“Ipoteka-bank” ATIB tomonidan bank xodimlari va ularning oila a’zolari uchun “Navro‘z” etnobog‘ida O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan kunga bag‘ishlangan bayram tashkil etildi. Mazkur bog‘ tadbir tashkilotchilari tomonidan tanlanganligi bejiz emas, ushbu yangi jozibador shaharcha markazida bayramlar munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar uchun afmiteatr barpo etilgan. Ushbu joyda aks ettirilgan milliy ramz va qadriyatlarimizning yaqqol timsoli hamda mashhur tariximiz haqida eslatmalar fuqarolar o‘zini o‘zi anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.



Bayramda xodimlar va bolajonlar uchun ochiq havoda mahorat darslari, tanlovlar va viktorinalar kabi turli ko‘ngil ochar o‘yinlar tashkil etildi. Bolalar rivojlantiruvchi mahorat darslarida qatnashish va estrada yulduzlari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, bunda ota-onalar ham raqs flesh-mobida ishtirok etdilar.


Bolalar o‘rtasida o‘zbek tili bo‘yicha qanchalik bilimga egaliklari va rasm solish bo‘yicha tanlov tashkil etildi. Ushbu tanlovda qatnashgan barcha bolalarga sovrinlar berildi.


Shuningdek, illyuzionistlar chiqishi, sovun pufaklari shousi, yosh kimyochilar shousi, animatorlar bilan tanlovlar, rivojlantiruvchi o‘yinlar, qiziqarli tajribalar va rang-barang akva grim o‘tkazildi.


Toza havo, quvnoq bolalar kulgusi va ota-onalarning baxtli tabassumlari, turli shirinliklarning jalb etuvchi ifori – bularning barchasi oilaviy bayramdir.