Ipoteka bank OTP Group Xorazm viloyatida tibbiy xizmatlar sifatini oshirilishida koʻmaklashmoqda
Nashr etilgan: 27 fevral, 2025

Kuni kecha Urganch shahar tibbiy birlashmasi tibbiy xodimlarining faoliyatini yaxshilash va mintaqa aholisiga samarali tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida “Damas” rusumidagi yengil avtomobil topshirildi. Urganch shahar tibbiy birlashmasi bosh shifokori Odilbek Matkarimov oʻz minnatdorchiligini quyidagicha bildirdi:
«Ushbu tuhfa shifokor va hamshiralarimiz uchun haqiqiy umid va amaliy qoʻllab-quvvatlov hisoblanadi. Bu ularning kundalik faoliyatlari va insonlarning salomatligi xavfsizligini yanada samarali ta'minlanishida yordam beradi. Yangi rusumdagi yengil avtomobil bemorlar chaqiriqlariga operativ ravishda javob berish va shaharning eng olis burchaklariga yordam koʻrsatish imkoniyatini beradi. Bu vaqtni tejash va koʻproq hayotlarni saqlab qolishga yordam beradi».
Bu borada Xorazm viloyatidagi Ipoteka bank OTP Group filiali boshqaruvchisi Hamid Muxtorov ham fikr bildirdi:
«Bugungi lahzalar unutilmas. Biz tibbiy xodimlarni qoʻllab-quvvatlash va mashaqqatli ishlarida koʻmaklashayotganimizdan faxrlanamiz. Bu tuhfa boʻlibgina qolmay, balki hududimizdagi tibbiy xizmatlarni yaxshilashga qoʻshgan hissamizdir”.
Gʻamhoʻrlikning bu koʻrinishi hamkorlik kuchining kelajakni samarali oʻzgartirishi mumkinligining yaqqol namunasidir. Biz bu kabi tashabbuslar mahalliy aholining salomatligi va farovonligini ta'minlanishida muhim omil boʻlishiga ishonamiz.
Ipoteka bank OTP Group nafaqat tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga koʻmaklashmoqda, balki Xorazm viloyatidagi moliyaviy xizmatlarni ham kengaytirmoqda. Bank o‘zining ish haqi loyihalari doirasida hozirda davlat va xususiy tashkilotlarning 12675 nafardan ortiq xodimlariga xizmat ko‘rsatmoqda va quyidagi foydali mahsulotlarni taklif etmoqda:
• yillik stavkasi 24% dagi mikroqarzlar
• 17,5% dan boshlab ipoteka kreditlari
• 23,5% gacha daromadli depozitlar
• butun dunyoda to‘lovlar uchun komissiyasiz xalqaro bank kartalari
Ipoteka bank OTP Group yangiliklarini kuzatib boring –biz mintaqamizdagi odamlar hayotini yanada yengillashtirish uchun xizmat qilamiz.