phone Ishonch telefon raqami: (78) 150-89-55

Ma'lumot uchun: (78) 150-89-56

IFC konsultantlari bilan navbatdagi trening



Samaradorlikning asosiy koʼrsatkichlari (KPI ) boʼyicha boshqaruv tizimi zamonaviy biznes muhitida korxonalardagi ragʼbatlantirish va motivatsiyaning eng mukammal va amaliy taʼsiri eng yuqori boʼlgan tizimlardan biri sifatida tan olingan. KPI tizimi oʼtish taklifi kiritilganda, manipulyatsiya uchun kamchiliklar va manyovrlar boʼladimi yoki yoʼqmi koʼrib chiqish kerak boʼladi. Buning uchun KPI ga erishish maqsadidagi ragʼbatlantirish ishlarida uzoq muddat davomida xodim qanday ishlashi lozimligi haqida reja tuzish foydadan xoli boʼlmaydi. 



KPI tizimini joriy qilish maqsadlarida 2019 yilning 13-sentyabrida «Ipoteka-bank» АTIB Bosh ofisida menejerlar tarkibi uchun «KPI va koʼrsatkichlarning muvozanatlashtirilgan tizimi» mavzusida Xalqaro moliyaviy korporatsiya HR konsulьtanti Xelma Shtraus ishtirokida trening boʼlib oʼtdi.

Treningda strategik maqsadlar va koʼrsatkichlarni ishlab chiqish, bank mexanizmini bajarish boʼyicha nazorat mexanizmini amalda joriy qilish kabi KPI mavzulari muhokama qilindi.

Trening vaqtida Xalqaro moliyaviy korporatsiyaning HR konsulьtanti KPI tizimining aynan maqsadlari, turlari va koʼrsatkichlarning muvozanatlashtirilgan tizimi haqida batafsil toʼxtalib oʼtdi.



Trening yakunida, KPI haqida batafsil maʼlumot olgan va bank sohasining jahondagi eng yaxshi amaliyotlari bilan tanishgan ishtirokchilar «Ipoteka-bank» АTIBda KPI tizimini joriy qilish ustida ish boshladilar.

On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish