Nashr etilgan: 13 aprel, 2025
Unda ushbu vakansiya sizning keyingi kasbiy bosqichingiz uchun ajoyib poydevor bo‘lishi mumkin! Ipoteka bank OTP Group’ning Ipoteka mahsulotlari direksiyasi jamoasiga ipoteka kreditlari va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha tajribali mutaxassisni qidirmoqda.
Asosiy vazifalaringiz: — Ko‘chmas mulk agentliklari va quruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash — Yirik va strategik loyihalarda ishtirok etish — Bankning ipoteka bozoridagi mavqeini mustahkamlash
Biz quyidagi mezonlarga javob beradigan nomzodni izlayapmiz: — Muvaffaqiyatli muzokaralarni olib borish ko‘nikmasiga ega — O‘zbek va rus tillarini mukammal biladi (ingliz tili afzallik hisoblanadi) — Ipoteka va hamkorlik yo‘nalishida haqiqiy ish tajribasiga ega
Vakansiya haqida batafsil ma’lumot havola orqali: https://tashkent.hh.uz/vacancy/119412439?hhtmFrom
Rezyumeni jobs@ipotekabank.uz manziliga yoki Telegram orqali @IpotekabankOTPGroupfamily’ga yuboring
Biz bilan ko‘proq imkoniyatlar, kengroq miqyos va tezroq o‘sish!