Lizing – bu biznesga sarmoyalar kiritishning qulay shakli. Lizing evaziga sotib olingan obyektdan bir yo'la foydalanib, obyekt sotib olingan mablag‘ni ma’lum muddatda qaytarish sharti bilan mavjud biznesni kengaytirish, modernizatsiya qilish yoki faoliyatning yangi yo‘nalishini ochish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna, texnika yoki avtotransportni sotib olish mumkin.
Biz avtotransportdan boshlab ko‘chmas mulkgacha, asbob-uskunadan to maxsus texnikagacha bo‘lgan turli lizing mahsulotlarini qulay shartlar asosida taklif qilamiz. Lizing xizmatlari bankning barcha filiallari tomonidan ko‘rsatiladi.
Moliyalashtirish variantlarini tanlashda lizing bir qator afzalliklarga ega:
- Lizing obyekti lizing oluvchining balansida hisobga olinadi va shu tufayli lizing obyekti mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi;
- Lizing obyektini tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilishni qo‘llash imkoniyati mavjud;
- Lizing shartlari ostida O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan texnologik jihozlar davlat bojlari va QQS to‘lashdan ozod qilinadi.
Mijozlarga bo‘lgan asosiy talablar:
- Loyihani moliyalashtirishni boshlash vaqtida ro‘yxatga olinganlik, ruxsat berilganlik kabilar to‘g‘risidagi kerakli hujjatlarning mavjud bo‘lishi bilan birga lizing oluvchining ma’lum yuridik maqomi.
- Lizing oluvchilar sifatida O’zbekiston Respublikasining rezidenti maqomiga va o‘z faoliyatlaridan tijoriy daromadga ega bo‘lgan yuridik shaxslar bo‘lishlari mumkin.
- Moliyalashtirilayotgan loyihaning bashorat qilinayotgan pul oqimi va lizing oluvchida mavjud bo‘lgan pul oqimi lizing muddati davomida lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlashi kerak.
- Moliyalashtirilayotgan loyihani boshqa tarkibiy komponentlar (xom-ashyo, aylanma mablag, malakali xodimlar, maxsulotni sotish bozorlari va boshq.) bilan ta’minlash bo‘yicha mexanizmlar yoki aniq rejalarning mavjudligi.
Lizing maqsadi |
Аsosiy vositalar sotib olish |
Lizing maksimal summasi |
Mijoz loyihasidan kelib chiqib belgilanadi |
Valyuta |
Milliy va xorijiy valyutada |
Lizing foizi yillik |
Аmaldagi kredit mahsulotlari katalogiga asosan |
Moliyalashtirish manbasi |
Bank oʼz mablagʼi hisobidan |
Resurs jalb qilish komissiyasi |
Belgilanmagan |
Lizing muddati |
36 oygacha |
Lizing ajratilish shakli |
Pul oʼtkazish yoʼli bilan |
Lizingni qaytarish tartibi |
Loyihadan kelib chiqib imtiyozli davrni 6 oygacha belgilanishi mumkin. Foiz toʼlovi – har oyda, asosiy qarz toʼlovi – toʼlov muddati kelgandan soʼng lizing qolgan muddatiga teng taqsimlangan miqdorlarda boʼlinadi (mavsumiy xarakterga ega loyihalar alohida koʼrib chiqilishi mumkin) |
Lizing taʼminoti |
Lizing obʼekti va boshqa qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan garov obʼektlari |
Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni |
Bankning Kredit siyosati va Kreditlash Nizomi asosida amalga oshiriladi |
Qoʼshimcha shartlar |
25 % mijozning avans mablagʼi (boshlangʼich badal) pul koʼrinishida kiritilishi lozim |
Lizing rasmiylashtirish uchun zarur boʼlgan hujjatlar roʼyhati
1. Lizing buyurtmasi (buyurtmada lizing oluvchi sotuvchini, lizing obʼektini, summasini, muddati, foizi, avans toʼlovi yoki taʼminotni aniq qilib koʼrsatishi shart)
2. Lizing obʼektining texnik–iqtisodiy koʼrsatkichlari va uning sotuvchisi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma (avtotransport vositalari rasmiy dillerdan sotib olinganda mustasno)
3. Lizingning butun davrini ichiga olgan pul oqimi tahlili, lizing obʼektlaridan foydalanishdan olinadigan foydaning qiymati koʼrsatilgan biznes–reja
4. Tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʼgʼrisida hisobot (2-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xoʼjaliklari bundan mustasno
5. Raqobatbardoshlik varaqasi (bunda lizing obʼektini boshqa firmaning xuddi shunday mahsulotlari bilan taqqoslash, kamchilik va ustunlik tomonlarini koʼrsatish lozim, bunda Oʼzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan transport vositalari rasmiy dillerdan sotib olinganda mustasno)
6. Ikkilamchi hisobvaraqlar, oxirgi 6 oy mobaynida barcha hisobvaraqlar aylanmasi, 2–sonli kartoteka va boshqa qarzdorliklar toʼgʼrisida maʼlumotnomalar
7. Lizing oluvchining asosiy vositalari roʼyhati
8. Oʼz tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishga moʼljallangan savdo, ishlab chiqarish joyi mavjudligi boʼyicha hujjatlar (kadastr hujjatlari yoki ijara shartnomasi nusxasi)
9. Lizing oluvchining huquqiy maqomini tasdiqlovchi hujjatlar (guvohnoma, nizom, taʼsis shartnomasi oxirgi oʼzgartirishlar bilan, faoliyatga doir tegishli litsenziyalar nusxalari v.b.) shuningdek, lizing oluvchining huquqiy shaklidan kelib chiqib, taʼsischilarning lizing olish va taʼminot boʼyicha roziligi aks etgan xujjatning asl nusxasi
10. Аgar lizing oluvchi davlat korxonasi boʼlsa, qonunda belgilangan vakolatlarda lizing oluvchi muassisining lizing olish va taʼminot taqdim etish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʼmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʼmitasi bilan kelishilgan rasmiy roziligini tasdiqlovchi xujjat (Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215–sonli qarori)
Lizing taʼminotidan kelib chiquvchi boshqa hujjatlar soʼralishi mumkin